TEXNIK JIHATDAN TARTIBGA SOLISHDA STANDARTLASHTIRISHNING AHAMIYATI
Keywords:
texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, milliy standart, texnik reglament, mahsulot sifati, mahsulot xavfsizligi, muvofiqlikni baholash, sertifikatlashtirish, metrologiya, raqobatbardoshlik, xalqaro standartlar, texnik talablarAbstract
Mazkur maqolada texnik jihatdan tartibga solish tizimida standartlashtirishning o‘rni va ahamiyati, uning mahsulot, ish va xizmatlarning sifati hamda xavfsizligini ta’minlashdagi vazifalari yoritilgan. Standartlashtirish zamonaviy ishlab chiqarish jarayonlarini tartibga solish, mahsulotlarning belgilangan talablarga muvofiqligini ta’minlash, iste’molchilar manfaatlarini himoya qilish va ishlab chiqaruvchilarning raqobatbardoshligini oshirishning muhim vositalaridan biri sifatida tahlil qilingan. Maqolada O‘zbekiston Respublikasining standartlashtirish va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi amaldagi qonunchilik hujjatlari, mahalliy olimlar tomonidan yaratilgan o‘quv adabiyotlari hamda ilmiy-metodik manbalar asosida standartlashtirishning nazariy va amaliy jihatlari ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, milliy standartlarning xalqaro standartlar bilan uyg‘unlashuvi, standartlashtirishning eksport salohiyatini oshirishdagi o‘rni, texnik reglamentlar bilan o‘zaro aloqasi hamda raqamlashtirish sharoitida standartlashtirish tizimini takomillashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratilgan.
References
O‘zbekiston Respublikasining “Standartlashtirish to‘g‘risida”gi Qonuni. O‘RQ-800-son, 2022-yil 3-noyabr.
O‘zbekiston Respublikasining “Texnik jihatdan tartibga solish to‘g‘risida”gi Qonuni. O‘RQ-820-son, 2023-yil 27-fevral.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Texnik jihatdan tartibga solish sohasida davlat boshqaruvini yanada takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-41-son Farmoni, 2024-yil 27-fevral.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-91-son qarori, 2024-yil 28-mart.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Standartlashtirish faoliyatini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 177-son qarori, 2024-yil 30-mart.
Ismatullayev P.R., Matyakubova P.M., To‘rayev Sh.A. Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirish. — Toshkent: Lesson Press, 2015.
Ismatullayev P.R., Matyakubova P.M., To‘rayev Sh.A. Standartlashtirish va texnik jihatdan tartibga solish. — Toshkent, 2017.
Matyakubova P.M., Ismatullayev P.R., Gaziyev G.A., To‘rayev Sh.A. Standartlashtirish asoslari. — Toshkent: DM NASHR SERVIS, 2019.
Maxmonov U.A., Amirqulov U.O. Standartlashtirish, metrologiya va sifatni boshqarish. — Toshkent: Excellent Polygraphy, 2020.
Parpiyev M.P., Nazarov A.M. Standartlashtirish asoslari. — Toshkent: TDAU, 2022.
Isayev R.I., Karimova U.N. Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirish. — Toshkent: Fan va texnologiya, 2011.
Qurbanov A.A. Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirish. — Toshkent: Yangiyul poligraph service, 2007.
Fayziyev R.R. Metrologiya, o‘zaro almashinuvchanlik, standartlashtirish. — Toshkent: Mehnat, 2004.
Mo‘minov N.Sh., Nazarov A.M. Metrologiya va o‘lchashlar yagonaligini ta’minlash. — Toshkent: Zebo Prints, 2025.
Abduqodirov G. Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirish. — Toshkent: NIF MSH, 2024.





