MADANIY MEROS OBYEKTLARI ASOSIDA TURISTIK MARSHRUTLARNI DIVERSIFIKATSIYA QILISH ORQALI HUDUDIY IQTISODIY FAOLLIK VA AHOLI BANDLIGINI OSHIRISH
Keywords:
madaniy meros, turistik marshrut, diversifikatsiya, turizm, hududiy iqtisodiyot, aholi bandligi, mahalliy tadbirkorlik, turistik xizmatlarAbstract
Mazkur maqolada madaniy meros obyektlari asosida turistik marshrutlarni diversifikatsiya qilishning hududiy iqtisodiy faollik va aholi bandligini oshirishdagi ahamiyati tadqiq etilgan. Madaniy meros obyektlarini alohida turistik maskan sifatida emas, balki o‘zaro bog‘langan turistik marshrutlar tarkibida rivojlantirishning iqtisodiy samarasi asoslangan. Tadqiqotda tematik, hududlararo, halqa va kombinatsiyalashgan turistik marshrutlarning hududiy rivojlanishdagi imkoniyatlari tahlil qilingan. Shuningdek, turistik marshrutlarga gidlik, transport, umumiy ovqatlanish, joylashtirish, hunarmandchilik va savdo xizmatlarini integratsiya qilish orqali mahalliy tadbirkorlikni rivojlantirish hamda qo‘shimcha ish o‘rinlarini yaratish mexanizmlari yoritilgan. O‘zbekiston turizm sohasining amaldagi statistik ko‘rsatkichlari va turizmni diversifikatsiya qilishga qaratilgan davlat siyosati asosida ilmiy-amaliy takliflar ishlab chiqilgan. Tadqiqot natijasida “madaniy meros – turistik marshrut – mahalliy xizmatlar – tadbirkorlik – bandlik” modeli taklif etilgan.
References
Timothy D. J., Boyd S. W. Heritage Tourism. Harlow: Prentice Hall, 2003. – 327 p.
Richards G. Cultural tourism: A review of recent research and trends // Journal of Hospitality and Tourism Management. – 2018. – Vol. 36. – P. 12–21. DOI: 10.1016/j.jhtm.2018.03.005.
O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi. Turizm tarmoqlaridagi bandlik (yuridik shaxslardagi ishlovchilar soni) – jami. SIAT, 2024.
O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi. 2025-yilda O‘zbekistonga 11,7 million nafar turist kelgan. 16.01.2026.
Nicolajsen H., Geys B. Scenic tourism routes and local economic conditions // Tourism Management. – 2026. – Vol. 115. – Article 105418. DOI: 10.1016/j.tourman.2026.105418.
O‘zbekiston Respublikasining “Turizm to‘g‘risida”gi Qonuni. O‘RQ-549-son, 18.07.2019.
O‘zbekiston Respublikasining “Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to‘g‘risida”gi Qonuni. 269-II-son, 30.08.2001.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori. O‘zbekiston Respublikasi Turizm qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish va turizm sohasini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida. PQ-348-son, 19.11.2025.
O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi. Turizm tarmoqlaridagi bandlik: madaniyat, joylashtirish, umumiy ovqatlanish va boshqa turizm tarmoqlari bo‘yicha statistik ma’lumotlar. SIAT, 2024.
Richards G. Cultural Tourism: An Integrative Review // Tourism & Management Studies. – 2025. DOI: 10.18089/tms.20250402.





