IJTIMOIY TARMOQLARDA RAQAMLI KONTENTDAN FOYDALANISH VA MUALLIFLIK HUQUQI: HUQUQIY TARTIBGA SOLISH MUAMMOLARI
Keywords:
mualliflik huquqi, ijtimoiy tarmoqlar, raqamli kontent, foydalanuvchi yaratgan kontent, platforma javobgarligi, notice-and-takedown, DMCA, DSM direktivasi, intellektual mulk, huquqiy tartibga solishAbstract
Maqolada ijtimoiy tarmoqlar (Instagram, YouTube, TikTok, Telegram, Facebook va boshqalar) muhitida raqamli kontentdan foydalanish jarayonida yuzaga keladigan mualliflik-huquqiy munosabatlar tahlil qilinadi. Muallif tomonidan foydalanuvchi yaratgan kontent tushunchasi, platformalarning javobgarlik rejimi hamda huquq buzilishining tipik ko‘rinishlari — repost, remiks, mem, “cover” ijro va kontentni ruxsatsiz qayta joylashtirish — ochib berilgan. Milliy qonunchilik holati O‘zbekiston Respublikasining “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risida”gi qonuni asosida tavsiflanib, Yevropa Ittifoqining Raqamli yagona bozorda mualliflik huquqi to‘g‘risidagi direktivasi (2019/790) 17-moddasi va AQShning Raqamli ming yillik mualliflik huquqi to‘g‘risidagi qonuni (DMCA) 512-bo‘limi bilan qiyosiy-huquqiy jihatdan solishtiriladi. Tadqiqot natijasida milliy qonunchilikdagi bo‘shliqlar aniqlanib, platformalarning javobgarligini belgilash, “xabar berish va olib tashlash” (notice-and-takedown) tartibotini joriy etish hamda foydalanuvchilar huquqlarining kafolatlari bo‘yicha ilmiy asoslangan takliflar ishlab chiqilgan.
References
O‘zbekiston Respublikasining "Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risida"gi Qonuni. // Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi. URL: https://lex.uz/acts/-34642
O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi (ikkinchi qism). – Toshkent.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 26-apreldagi "Intellektual mulk sohasini yanada rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi PQ-221-son qarori.
Adabiy va badiiy asarlarni muhofaza qilish to‘g‘risidagi Bern konvensiyasi (1886, 1971-yil tahriri). – WIPO.
Butunjahon savdo tashkilotining Intellektual mulk huquqlarining savdo bilan bog‘liq jihatlari to‘g‘risidagi bitimi (TRIPS, 1994).
Butunjahon intellektual mulk tashkilotining Mualliflik huquqi to‘g‘risidagi shartnomasi (WCT, 1996).
Directive (EU) 2019/790 of the European Parliament and of the Council of 17 April 2019 on copyright and related rights in the Digital Single Market. // Official Journal of the EU, L 130.
Digital Millennium Copyright Act, 17 U.S.C. § 512 (1998). // U.S. Copyright Office. URL: https://www.copyright.gov/dmca/
Oqyulov O., Gafurova N.E. Intellektual mulk. Darslik / Mualliflar jamoasi. – T.: TDYU nashriyoti, 2019. – 588 b.
Yakubova I.B. Mualliflik huquqi. O‘quv qo‘llanma. – T.: TDYU nashriyoti, 2020. – 110 b.
G‘afurov A.B. Intellektual mulk huquqini himoya qilishning dolzarb masalalari. Monografiya. – T., 2017.
Mendis S. Copyright Enforcement on Social Media Platforms: Implications for Freedom of Expression in the Digital Public Sphere // Introduction to Digital Humanism. – Springer, 2023. – DOI: 10.1007/978-3-031-45304-5_29.
Koltay A. The Protection of Freedom of Expression from Social Media Platforms // Mercer Law Review. – 2022. – Vol. 73, No. 2.
Леонтьев К.Б. Авторское право в интернете: три стадии одного процесса. – М.: КОПИРУС.
Court of Justice of the European Union. Case C-401/19, Republic of Poland v. Parliament and Council, judgment of 26 April 2022.
U.S. Copyright Office. Section 512 of Title 17: A Report of the Register of Copyrights. – Washington, 2020.





