JADID MA’RIFATIDAN TARIXIY XOTIRAGA: XX ASR O‘ZBEK NASRI VA ZAMONAVIY ADABIY JARAYONDA MILLIY O‘ZLIK POETIKASI

Authors

  • Davronova Surayyo Mardon qizi

Keywords:

milliy o‘zlik, o‘zbek adabiyoti, jadid adabiyoti, ma’rifatparvarlik, tarixiy xotira, milliy xarakter, tarixiy nasr, badiiy obraz, poetika, zamonaviy adabiy jarayon

Abstract

Maqolada XX asr boshidagi jadid adabiyotidan tarixiy nasr va zamonaviy o‘zbek adabiyotigacha milliy o‘zlikning badiiy talqinidagi davomiylik hamda o‘zgarishlar qiyosiy-tarixiy yondashuv asosida o‘rganiladi. Tadqiqotda milliy o‘zlik ma’rifat, til, tarixiy xotira, milliy qahramon obrazi va shaxsning ijtimoiy muhit bilan munosabati orqali tahlil qilinadi. Mahmudxo‘ja Behbudiyning “Padarkush”, Abdulhamid Cho‘lponning “Kecha va kunduz”, Oybekning “Navoiy”, Odil Yoqubovning “Ulug‘bek xazinasi”, Pirimqul Qodirovning “Yulduzli tunlar” va Tog‘ay Murodning “Otamdan qolgan dalalar” asarlari tadqiqot korpusini tashkil etadi. Tahlil natijasida jadid adabiyotida ma’rifat va ijtimoiy uyg‘onish, tarixiy nasrda madaniy meros va tarixiy qahramon, keyingi nasrda esa tarixiy tajriba, avlodlar xotirasi va inson taqdiri muhim badiiy yo‘nalishlar sifatida ajratiladi. Milliy o‘zlikning adabiyotdagi ifodasi o‘zgarmas hodisa emas, balki tarixiy sharoit va poetik vositalar bilan uzviy bog‘liq jarayon ekanligi asoslanadi.

References

Kaumen, A. M., & Mukan, S. (2026). Literary nationalism in Central Asia: The role of Soviet Uzbek writers in the creation of post-Soviet national identity of Uzbekistan. RUDN Journal of Philosophy, 30(1), 159–176. https://doi.org/10.22363/2313-2302-2026-30-1-159-176

Anderson, B. (2006). Imagined communities: Reflections on the origin and spread of nationalism (Rev. ed.). Verso.

Tolkun, S. (2015). Tåğäy Muråd’ın Åtämdän Qålgän Dälälär romanında Sovyet gerçeği ve Sovyet eleştirisi. Uluslararası Beşeri Bilimler ve Eğitim Dergisi, 1(2), 323–348. https://izlik.org/JA43YM93BH

Avazov, N. (2025). “Padarkush” dramasi: Dastlabki nashr va tabdillar tahlili. Philology Matters, 53(3). https://doi.org/10.36078/987655511

Behbudiy, M. (2021). Tanlangan asarlar (2 jildlik, II jild). Akademnashr.

Cho‘lpon. (2021). Kecha va kunduz. Akademnashr.

Murod, T. (1994). Otamdan qolgan dalalar. Sharq.

Burieva, U. (2026). Nature, memory, and national identity in Willa Cather’s My Ántonia and Togʻay Murod’s Otamdan qolgan dalalar: A comparative study. Yangi Renessansda ilm-fan taraqqiyoti, 1(9). https://phoenixpublication.net/index.php/YRIF/article/view/13185

Tadqiqot korpusiga kiritilgan badiiy asarlar

Behbudiy, M. — Padarkush.

Cho‘lpon, A. — Kecha va kunduz.

Yoqubov, O. — Ulug‘bek xazinasi.

Qodirov, P. — Yulduzli tunlar.

Murod, T. — Otamdan qolgan dalalar.

Downloads

Published

2026-10-11