KOMIL SINDAROVNING “QADR KECHASIDAGI QOTILLIK” ASARIDA KRIMINAL KONFLIKT VA IJTIMOIY MUHIT TASVIRI
Keywords:
Komil Sindarov, “Qadr kechasidagi qotillik”, detektiv janr, kriminal konflikt, jinoyat, adolat, tergov, inson taqdiri, sabab va oqibat, jamiyat, ijtimoiy muhit, qadriyat va illatAbstract
Ushbu maqolada Komil Sindarovning “Qadr kechasidagi qotillik” asarida kriminal konfliktning shakllanishi hamda uning vositasida ijtimoiy muhitning badiiy tasviri tahlil qilinadi. Asarda jinoyatni fosh etish jarayoni oddiy syujet hodisasi sifatida emas, balki jamiyatdagi turli muammolarni yuzaga chiqaruvchi vosita sifatida ko’rsatiladi. Qissada tergov qilish mobaynida jamiyatning turli sohalaridagi kamchilik va oqsoqliklar – huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyatida kuzatilgan adolatsizliklar, qonun va inson o’rtasidagi munosabatlar, jamiyat uchun muhim sohalardagi mas’uliyat masalalari, iqtisodiy va moddiy muammolar kabi holatlar bayoni kuzatiladi.Bunda tergov jarayonlarining vazifasi shunchaki aybdorni topish emas, haqiqatni anglash va begunoh insonni aybdor qilib qo’ymaslik tamoyili muhim o’rin egallaydi. Shu jihatdan qissadagi kriminal konflikt jamiyatning turli tizimlaridagi muammolarni ko’rsatishga xizmat qiluvchi badiiy vosita sifatida talqin qilinadi.
References
Sindarov, Komiljon. Qadr kechasidagi qotillik. — Toshkent: Yangi asr avlodi, 2021.
Genette, Gérard. Paratexts: Thresholds of Interpretation. Translated by Jane E. Lewin. — Cambridge: Cambridge University Press, 1997.
Jo‘raqulova, M. Badiiy adabiyotda detektiv va kriminal syujet (Nuriddin Ismoilov va Komiljon Sindorov asarlari misolida). — 2024.
Niyazov, R. T., Kurbanova, F. A. The Role of Komil Sindarov Not Only in Jurisprudence but Also in Literature // International Journal of Education, Social Science & Humanities. — 2023. — Vol. 11, No. 3. — P. 313–316.





