EPISTOLYARLIK VA UNING BADIIY ADABIYOT BILAN BOG’LIQLIGI

Authors

  • Xolmatova Nigina Abdusamad qizi

Keywords:

epistolyarlik, epistolyar janr, maktub – roman, badiiy adabiyot, psixologizm, sentimentalizm, poetik shakl, muallif va qahramon

Abstract

Ushbu maqolada maktub shaklidagi yozishmalar – epistolyarlik hodisasi hamda uning badiiy adabiyot taraqqiyotidagi o‘rni, poetik funksiyalari va uslubiy imkoniyatlari tadqiq etiladi. Epistolyar janr inson ichki dunyosi, ruhiy kechinmalari va samimiy tuyg‘ularini ochib berishning eng ta’sirchan vositalaridan biri bo‘lib, badiiy nasrda subyektiv e’tirof va psixologik tahlilni chuqurlashtirishga xizmat qiladi. Maqolada epistolyar shaklning shakllanish bosqichlari, uning sentimentalizm va romantizm kabi adabiy oqimlar bilan uzviy aloqadorligi hamda jahon va o‘zbek adabiyotidagi yorqin namunalari tahlilga tortiladi. Shuningdek, maktubning shunchaki muloqot vositasi emas, balki asar syujeti va kompozitsiyasini harakatlantiruvchi muhim badiiy unsurgacha transformatsiyalashuvi ko‘rsatib beriladi. Tadqiqot xulosalari adabiyotshunoslikda epistolyar nasr poetikasi hamda matn psixologizmini o‘rganishda nazariy manba bo‘lib xizmat qilishi mumkin.

References

Dostoyevskiy F.M. 2018. Kambagʻallar. – Toshkent: Davr Press.

Dustmuratov Q. 2024. Epistolyar asarlardagi ziddiyatli uyg'unlik. “Ekonomika i sotsium”

F.M.Dostoyevskiy tugʻilgan kunining 150 yilligi. 1971. – Toshkent. Esdaliklar.

Qoʻchqorova M. 2009. Maktublar qalb koʻzgusi. // Jahon adabiyoti 11-son.

Щерба, Л. В. Современный русский литературный язык / Л. В. Щерба // Рус. яз. в шк. – 1939. – № 4.

Ефимов, А. И. Стилистика художественной речи / А. И. Ефимов. – М., 1957.

Бельчиков, Ю. А. Литературный язык / Ю. А. Бельчиков // Русский язык: энциклопедия / под ред. Ф. П. Филина. – М.: Сов. энцикл., 1979.

Гроссман Л.П. Культура писем в эпоху Пушкина // Цех пера: Эссеистика. – М.: Аграф, 2000.

Shcherba L.V. “Tilshunoslik ocherklar”, 1965, 87-bet.

Ефимов, А. И. Стилистика художественной речи / А. И. Ефимов. – М., 1957.

Downloads

Published

2026-10-06