BULLINGGA UCHRAGAN BOLALARNI IJTIMOIY HIMOYA QILISHNING XORIJIY TAJRIBASI
Keywords:
Bulling, ijtimoiy himoya, ijtimoiy-pedagogik qo‘llab-quvvatlash, psixologik reabilitatsiya, bolalar huquqlari, profilaktika, kiberbulling, ijtimoiylashuv, xavfsiz ta’lim muhiti, xorijiy tajribaAbstract
Mazkur maqolada bullingga duchor bo‘layotgan bolalarni ijtimoiy-pedagogik va psixologik jihatdan qo‘llab-quvvatlashning zamonaviy mexanizmlari hamda xorijiy mamlakatlarda shakllangan ilg‘or tajribalar kompleks tahlil etilgan. Tadqiqot doirasida bullingning bolaning ijtimoiylashuvi, ruhiy-emotsional barqarorligi, ta’lim jarayonidagi faolligi va shaxslararo munosabatlariga ta’siri yoritilib, jabrlanuvchi bolalarni himoya qilishda maktab, oila, ijtimoiy xizmatlar va psixologik yordam institutlari o‘rtasidagi hamkorlikning ahamiyati ochib berilgan. Shuningdek, xorijiy amaliyotda qo‘llanilayotgan profilaktik dasturlar, erta diagnostika, psixologik reabilitatsiya, kiberbullingning oldini olish hamda bolalar huquqlarini ta’minlashga yo‘naltirilgan institutsional yondashuvlar tahlil qilinadi. Maqolada xorijiy tajribani milliy sharoitga adaptatsiya qilishning ustuvor yo‘nalishlari yuzasidan ilmiy-amaliy xulosalar shakllantirilgan.





