ULTRATOVUSH VA KOMPYUTER TOMOGRAFIYASI YORDAMIDA SIYDIK-TOSH KASALLIGINI TASHXISLASH: QIYOSIY TAHLIL
Keywords:
siydik-tosh kasalligi, urolitiaz, buyrak toshi, ureter toshi, ultratovush, UTT, kompyuter tomografiyasi, KT, kontrastsiz KT, past dozali KT, diagnostikaAbstract
Dolzarbligi. Siydik-tosh kasalligi (urolitiaz) zamonaviy urologiyada keng tarqalgan kasalliklardan biri bo‘lib, uning klinik kechishi buyrak sanchig‘i, ureteral obstruksiya, gidronefroz, siydik yo‘llari infeksiyasi va buyrak funksiyasining buzilishi bilan kechishi mumkin. Kasallikni o‘z vaqtida aniqlash davolash taktikasini tanlashda muhim ahamiyatga ega. Hozirgi vaqtda ultratovush tekshiruvi (UTT) va kontrastsiz kompyuter tomografiyasi (KT) urolitiaz diagnostikasida asosiy tasvirlash usullari hisoblanadi. Maqsad: siydik-tosh kasalligini aniqlashda ultratovush va kontrastsiz KTning diagnostik samaradorligini baholash, ularning klinik qo‘llanish sohalarini aniqlash va zamonaviy diagnostik algoritmni asoslash. Materiallar va usullar: EAU Urolithiasis Guidelines, ACR Appropriateness Criteria, PubMed ma’lumotlar bazasidagi ilmiy maqolalar, sistematik sharhlar va meta-tahlillar tahlil qilindi. Asosiy e’tibor so`ngi yillarda e’lon qilingan tadqiqotlarga qaratildi. Natijalar: UTT ionlashtiruvchi nurlanishdan xoli, xavfsiz, nisbatan arzon va takroriy tekshiruvlar uchun qulay usuldir. Ayniqsa bolalar va homilador ayollarda birlamchi tasvirlash usuli sifatida muhim ahamiyatga ega. KT esa urolitiaz diagnostikasida yuqori aniqlikka ega bo‘lib, toshning joylashuvi, o‘lchami, soni, zichligi va siydik yo‘llari obstruksiyasini batafsil baholash imkonini beradi. 2025-yilgi sistematik sharhda past dozali KT uchun sezgirlik 92%, ultra-past dozali KT uchun 95%, spetsifiklik esa har ikkala protokolda taxminan 97% darajasida qayd etilgan. Biroq semizlik va 3 mm dan kichik toshlarda diagnostik samaradorlik pasayishi mumkin. 2026-yilgi meta-tahlil esa KTda suyak oynasi (bone window), yupqaroq kesimlar va multiplanar rekonstruksiyalardan foydalanish tosh o‘lchamini aniqlashni yaxshilashini ko‘rsatdi. Xulosa: UTT va KTni bir-biriga muqobil emas, balki klinik vaziyatga qarab bir-birini to‘ldiruvchi usullar sifatida qo‘llash maqsadga muvofiq. UTT birlamchi va dinamik kuzatuvda, kontrastsiz past dozali KT esa tashxisni aniqlashtirish, noaniq holatlarni baholash va davolashni rejalashtirishda muhim o‘rin tutadi.
References
Dell'Aversana F, Pezzullo M, Scaglione M. Imaging in Urolithiasis. Urol Clin North Am. 2025;52(1):51–59. doi: 10.1016/j.ucl.2024.07.007. PubMed
American College of Radiology. ACR Appropriateness Criteria®: Acute Onset Flank Pain-Suspicion of Stone Disease (Urolithiasis). Revised 2023. ACR Acsearch
Sun R, Sommer E, Ganesan C, et al. Limitations of ultrasound compared with computed tomography for kidney stone surveillance. Can Urol Assoc J. 2025;19(7): E229–E237. PubMed
Panda M, Manzoor M, Gupta LK. Diagnostic Accuracy and Measurement Variability of Urinary Stones Across CT Window Settings: A Systematic Review and Meta-Analysis. J Med Imaging Radiat Oncol. 2026;70(1):73–79. doi:10.1111/1754-9485.70053. PubMed
Haji M, et al. The Diagnostic Accuracy of Reduced-Dose CT of the Kidneys, Ureters, and Bladder in the Evaluation of Renal Colic. 2025. PubMed
Niemann T, Kollmann T, Bongartz G. Diagnostic performance of low-dose CT for the detection of urolithiasis: a meta-analysis. AJR Am J Roentgenol. 2008. PubMed
Smith-Bindman R, Aubin C, Bailitz J, et al. Ultrasonography versus computed tomography for suspected nephrolithiasis. N Engl J Med. 2014;371(12):1100–1110. doi:10.1056/NEJMoa1404446. PubMed
Passerotti C, Chow JS, Silva A, et al. Ultrasound versus computerized tomography for evaluating urolithiasis. J Urol. 2009. PubMed
European Association of Urology. EAU Guidelines on Urolithiasis. 2026 edition. Uroweb
American College of Radiology. ACR Appropriateness Criteria®: Acute Onset Flank Pain-Pregnant Patient. ACR Acsearch+1





