MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTI RAHBARLARINING PEDAGOG XODIMLAR O‘RTASIDA SOG‘LOM RAQOBAT MUHITINI SHAKLLANTIRISH KOMPETENSIYASINI RIVOJLANTIRISH
Keywords:
maktabgacha ta’lim, ta’lim tashkiloti rahbari, pedagog xodimlar, sog‘lom raqobat, raqobat muhiti, boshqaruv kompetensiyasi, rahbarlik faoliyati, pedagogik jamoa, kasbiy rivojlanish, rag‘batlantirish, hamkorlik, boshqaruvAbstract
Mazkur tezisda maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbarlarining pedagog xodimlar o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish kompetensiyasini rivojlantirish masalalari yoritilgan. Pedagogik jamoada sog‘lom raqobat muhitini yaratishning ta’lim-tarbiya jarayoni samaradorligini oshirish, pedagoglarning kasbiy faolligi, tashabbuskorligi va ijodiy yondashuvini rivojlantirishdagi ahamiyati tahlil qilingan. Shuningdek, rahbarning boshqaruv faoliyatida adolatli baholash, pedagoglarni rag‘batlantirish, hamkorlikni qo‘llab-quvvatlash, kasbiy rivojlanish uchun teng imkoniyatlar yaratish kabi omillarning o‘rni ochib berilgan. Maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbarlarida sog‘lom raqobat muhitini shakllantirishga yo‘naltirilgan boshqaruv kompetensiyalarini rivojlantirishning pedagogik imkoniyatlari asoslangan.
References
O‘zbekiston Respublikasining Qonuni. “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida”. O‘RQ-595-son, 2019-yil 16-dekabr.
O‘zbekiston Respublikasining Qonuni. “Ta’lim to‘g‘risida”. O‘RQ-637-son, 2020-yil 23-sentabr.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Maktabgacha ta’lim sifati va samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-152-son Farmoni, 2024-yil 30-sentabr.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Maktabgacha ta’lim va tarbiya tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-19-son Farmoni, 2026-yil 5-fevral.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Maktabgacha va maktab ta’limi xodimlarining uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi 867-son qarori, 2024-yil 20-dekabr.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Maktabgacha ta’lim tashkiloti pedagogining kasbiy standartini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 423-son qarori, 2025-yil 8-iyul.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Pedagog kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-73-son Farmoni, 2025-yil 28-aprel.
Azizxo‘jayeva N.N. Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat. – Toshkent: Fan va texnologiya, 2006.
Mavlonova R.A., To‘rayeva O.T., Holiqberdiyev K.M. Pedagogika. – Toshkent: O‘qituvchi, 2001.
Xoliqov A.A. Pedagogik mahorat. – Toshkent: Iqtisod-moliya, 2011.
Yo‘ldoshev J.G‘., Usmonov S.A. Pedagogik texnologiya asoslari. – Toshkent: O‘qituvchi, 2004.
Ishmuhamedov R., Abduqodirov A., Pardaev A. Ta’limda innovatsion texnologiyalar. – Toshkent: Iste’dod, 2008.
Jo‘rayev R.H., Qosimov S.T. Maktabgacha ta’limni boshqarishning nazariy va amaliy asoslari. – Toshkent.





