ELEKTRON SAVDO XIZMATLARINING HUDUDLARARO IQTISODIY ALOQALARNI RIVOJLANTIRISHDAGI O‘RNI
Keywords:
elektron savdo, hududlararo iqtisodiy aloqa, hududiy bozor, savdo xizmatlari, elektron buyurtma, tovar oqimi, to‘lov oqimi, sotuv geografiyasi, hududiy rivojlanish.Abstract
Maqolada elektron savdo xizmatlarining O‘zbekiston hududlari o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalarni rivojlantirishdagi o‘rni tadqiq etilgan. Elektron savdoning hududiy bozorlarni o‘zaro bog‘lash, mahalliy ishlab chiqaruvchilarning sotuv geografiyasini kengaytirish, tovar va to‘lov oqimlarini jadallashtirish hamda hududlar o‘rtasidagi axborot nomutanosibligini kamaytirish imkoniyatlari asoslangan. 2024–2025-yillarda ayrim hududlarda savdo xizmatlari hajmining o‘zgarishi qiyosiy tahlil qilinib, mazkur ko‘rsatkich elektron savdoning bevosita hajmini emas, balki hududiy bozor sig‘imi va iqtisodiy faollikdagi tafovutlarni ifodalashi alohida ko‘rsatilgan. Hududlararo elektron savdoni baholash uchun “sotuvchi hududi – xaridor hududi” tamoyiliga asoslangan ko‘rsatkichlar tizimi taklif etilgan. Mahalliy ishlab chiqaruvchilarni boshqa hududlar bozoriga olib chiqish, hududlararo yetkazib berish sifatini baholash va elektron buyurtmalar geografiyasini hisobga olish bo‘yicha amaliy takliflar ishlab chiqilgan.
References
O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi. Savdo xizmatlari hajmi bo‘yicha hududiy statistik ma’lumotlar, 2024–2025.
O‘zbekiston Respublikasining “Elektron tijorat to‘g‘risida”gi Qonuni. O‘RQ-792, 2022-yil 29-sentabr.
Aiba, I. (2024). Information technology, market congestion, and economic geography. The Annals of Regional Science, 73, 1269–1295.
Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti. (2021). The Digital Transformation of SMEs. OECD Publishing.
World Bank. (2024). E-GATE: Elevating Global Access Through E-commerce in Central Asia.
Goldfarb, A., & Tucker, C. (2019). Digital economics. Journal of Economic Literature, 57(1), 3–43.
UNCTAD. (2024). Digital Economy Report 2024. United Nations Conference on Trade and Development.





