UMUMIY O‘RTA TA’LIM MAKTABLARIDA O‘QUVCHILARNING FUNKSIONAL SAVODXONLIGINI OSHIRISHDA O‘IBDO‘NING STRATEGIK-BOSHQARUVCHANLIK FAOLIYATI
Keywords:
Ta’lim menejmenti, O‘IBDO‘ faoliyati, ichki monitoring, funksional savodxonlik, PISA, PIRLS, KPI tizimi, strategik boshqaruv.Abstract
Ushbu maqolada umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘quvchilarning funksional (matematik, tabiiy-ilmiy va o‘qish) savodxonligini xalqaro baholash dasturlari (PISA, PIRLS) talablari darajasida oshirishda O‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari (O‘IBDO‘)ning strategik boshqaruv va ichki monitoring faoliyati tizimi tadqiq etilgan. Tadqiqot doirasida Xo‘jayli tumanidagi 42-sonli maktabda metodik birlashmalar faoliyatini muvofiqlashtirish, o‘qituvchilarning dars sifatini baholash (KPI) va o‘quvchilar bilimini ichifq monitoring qilishning yangi menejment modeli sinovdan o‘tkazildi. Pedagogik eksperiment va monitoring natijalari shuni ko‘rsatdiki, O‘IBDO‘ning tizimli-strategik boshqaruvi maktab o‘quvchilarining funksional savodxonlik ko‘rsatkichlarini va tahliliy fikrlash darajasini an’anaviy boshqaruv muhitiga nisbatan 23.4% ga oshirish imkonini beradi.
References
Bush, T. (2011). Theories of Educational Leadership and Management. London: SAGE Publications. – pp. 12-24.
Hallinger, P., & Murphy, J. (1985). Assessing the instructional management behavior of principals. The Elementary School Journal, 86(2), 217-247.
Yo‘ldoshev, J. G‘., & Usmonov, S. A. (2004). Pedagogik texnologiya asoslari. Toshkent: O‘qituvchi. – B. 64–72.
Fullan, M. (2014). The New Meaning of Educational Change. New York: Teachers College Press. – pp. 105-118.
Inomova, M. (2012). Ta'lim menejmenti va maktab rahbariyatining ish uslubi. Toshkent: Fan. – B. 88-95.
Leithwood, K., & Jantzi, D. (2005). A review of transformational school leadership research 1996–2005. Leadership and Policy in Schools, 4(3), 177-199.
Schleicher, A. (2018). World Class: How to build a 21st-century school system (PISA). Paris: OECD Publishing. – pp. 56-72.





