O‘ZBEKISTON SANOAT KORXONALARIDA INNOVATSION MENEJMENTNING HOZIRGI HOLATI VA RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI

Authors

  • Xotamqulov Ozodbek Nodirbek o‘g‘li Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti 2-kurs talabasi
  • Namazova Kamola Nurullayevna Ilmiy rahbar: Toshkent davlat texnika universiteti neft va gaz fakulteti tyutori

Keywords:

innovatsion menejment, sanoat korxonasi, raqamli transformatsiya, strategik boshqaruv, texnopark, klasterlashuv, raqobatbardoshlik, innovatsion infratuzilma, Global innovatsiyalar indeksi.

Abstract

Mazkur maqolada O‘zbekiston sanoat korxonalarida innovatsion menejment tizimining shakllanish jarayoni, uning hozirgi holati va kelgusi rivojlanish yo‘nalishlari tahlil etilgan. Tadqiqot kontent-tahlil, qiyosiy-huquqiy tahlil va Global innovatsiyalar indeksi (GII) hamda milliy statistika ma'lumotlariga asoslangan miqdoriy tahlil uslublari uyg‘unligida olib borilgan. Innovatsion menejment strategik, jarayonli va institutsional darajalarda ko‘rib chiqilib, mamlakatning me’yoriy-huquqiy bazasi hamda institutsional tuzilmasi tahlil qilingan, shuningdek O‘zbekiston tajribasi Qozog‘iston Respublikasining texnopark va klaster siyosati bilan qiyoslangan. Sanoat korxonalarida innovatsion faoliyatni jadallashtirishga to‘sqinlik qiluvchi asosiy omillar aniqlangan va ularni bartaraf etishga qaratilgan aniq takliflar ishlab chiqilgan. Maqola yakunida innovatsion menejmentni takomillashtirish sanoat korxonalarining xalqaro raqobatbardoshligini ta’minlashning muhim sharti ekanligi asoslab berilgan.

References

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi «2022–2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida»gi PF-60-son Farmoni. — Toshkent, 2022.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 6-iyuldagi «2022–2026-yillarda O‘zbekiston Respublikasining innovatsion rivojlanish strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida»gi PF-165-son Farmoni. — Toshkent, 2022.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 6-iyuldagi «2022–2026-yillarda O‘zbekiston Respublikasining innovatsion rivojlanish strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PQ-307-son Qarori. — Toshkent, 2022.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston — 2030» strategiyasi. — Toshkent, 2023.

Xodiyev B.Y. Strategik menejment: darslik. — Toshkent: Iqtisodiyot, 2019. — 340 b.

G‘ulomov S.S., Egamberdiyev F.T. Innovatsion menejment: darslik. — Toshkent: TDIU, 2020. — 288 b.

Yo‘ldoshev N.Q., Mirsaidova Sh.A., Goldman Y.D. Innovatsion menejment: darslik. — Toshkent: TDIU, 2011. — 286 b.

Muratov R.S., Djalolova I.A., Oripov S.Sh. Korxona iqtisodiyoti: darslik. — Toshkent, 2014. — 350 b.

Zaynutdinov Sh.N. Innovatsion salohiyatni oshirish strategiyasi // Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar. — 2011. — №1.

O‘zbekiston Respublikasi Statistika agentligining rasmiy ma’lumotlari. — stat.uz.

O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish agentligining rasmiy sayti. — innovation.uz.

Sarimsaqov D.X. Sanoat korxonalari innovatsion faoliyatini boshqarish uslubiyotini takomillashtirish: iqtisodiyot fanlari doktori (DSc) dissertatsiyasi avtoreferati. — Andijon, 2025. — 64 b.

OECD/Eurostat. Oslo Manual 2018: Guidelines for Collecting, Reporting and Using Data on Innovation, 4th Edition. — Paris: OECD Publishing, 2018.

Appio F.P., Frattini F., Petruzzelli A.M., Neirotti P. Digital transformation and innovation management: A synthesis of existing research and an agenda for future studies // Journal of Product Innovation Management. — 2021. — Vol. 38, No. 1. — P. 4–20.

Lin X., Ribeiro-Navarrete S., Chen X. et al. Advances in the innovation of management: a bibliometric review // Review of Managerial Science. — 2024. — Vol. 18. — P. 1557–1595.

World Intellectual Property Organization (WIPO). Global Innovation Index 2025: Uzbekistan Economy Profile. — Geneva: WIPO, 2025. — URL: wipo.int/edocs/gii-ranking/2025/uz.pdf

World Intellectual Property Organization (WIPO). Global Innovation Index 2025: 17th Edition. — Geneva: WIPO, 2025.

UNCTAD. Science, Technology and Innovation Parks in Uzbekistan: Assessment and Policy Issues (UNCTAD/TCS/DTL/INF/2024/7). — Geneva: United Nations Trade and Development, 2024.

UNECE. Science, Technology and Innovation (STI) Gap Assessment of Kazakhstan. — Geneva: United Nations Economic Commission for Europe, 2021.

Central Asia-Caucasus Analyst. Technoparks in Kazakhstan: will they help develop the innovation sector? — cacianalyst.org, 2016.

Downloads

Published

2026-09-12