TRANSCHEGARAVIY SUV RESURSLARIDAN FOYDALANISHDA DAVLATLARNING XALQARO-HUQUQIY MAJBURIYATLARI
Keywords:
transchegaraviy suvlar, xalqaro suv oqimi, xalqaro suv huquqi, xalqaro huquq, adolatli foydalanish, oqilona foydalanish, transchegaraviy zarar, davlatlarning majburiyatlari, hamkorlik, ekologik ta’sirni baholash.Abstract
Mazkur maqolada transchegaraviy suv resurslaridan foydalanishda davlatlarning xalqaro-huquqiy majburiyatlari xalqaro shartnomalar, xalqaro huquqning umumiy va odat normalari hamda xalqaro sud amaliyoti asosida tadqiq etilgan. Tadqiqotda transchegaraviy suv resurslaridan adolatli va oqilona foydalanish, boshqa suv oqimi davlatlariga sezilarli zarar yetkazmaslik, hamkorlik qilish, axborot almashish, rejalashtirilayotgan faoliyat haqida oldindan xabardor qilish, maslahatlashuvlar o‘tkazish va ekologik ta’sirni baholash bilan bog‘liq majburiyatlarning mazmuni tahlil qilindi. 1997-yilgi BMTning Xalqaro suv oqimlaridan navigatsion bo‘lmagan foydalanish huquqi to‘g‘risidagi konvensiyasi, 1992-yilgi UNECE Suv konvensiyasi hamda Xalqaro sudning Gabčíkovo–Nagymaros Project va Pulp Mills on the River Uruguay ishlari asosiy huquqiy manbalar sifatida o‘rganildi. Tadqiqot natijasida transchegaraviy suv resurslariga nisbatan davlatlarning suveren huquqlari mutlaq emasligi, ulardan foydalanish boshqa suv oqimi davlatlarining huquq va manfaatlari bilan muvofiqlashtirilishi hamda ekologik xavflarning oldini olishga qaratilgan protsessual majburiyatlar bilan ta’minlanishi lozimligi asoslandi. Shuningdek, Markaziy Osiyo sharoitida davlatlararo hamkorlikni institutsional jihatdan kuchaytirish, ma’lumot almashish va qo‘shma monitoring mexanizmlarini rivojlantirishning huquqiy ahamiyati yoritildi.
References
United Nations. Convention on the Law of the Non-Navigational Uses of International Watercourses [Electronic resource]. — New York, 1997.
United Nations Economic Commission for Europe (UNECE). Convention on the Protection and Use of Transboundary Watercourses and International Lakes [Electronic resource]. — Helsinki, 1992.
International Law Commission. Draft Articles on the Law of the Non-Navigational Uses of International Watercourses and Commentaries Thereto // Yearbook of the International Law Commission. — 1994. — Vol. II. — Part Two. — New York: United Nations.
International Law Commission. Draft Articles on the Law of Transboundary Aquifers, with Commentaries // Yearbook of the International Law Commission. — 2008. — Vol. II. — Part Two. — New York: United Nations.
International Court of Justice. Gabčíkovo-Nagymaros Project (Hungary/Slovakia), Judgment of 25 September 1997 // I.C.J. Reports. — 1997. — P. 7–110.
International Court of Justice. Pulp Mills on the River Uruguay (Argentina v. Uruguay), Judgment of 20 April 2010 // I.C.J. Reports. — 2010. — P. 14–111.
International Court of Justice. Certain Activities Carried Out by Nicaragua in the Border Area (Costa Rica v. Nicaragua); Construction of a Road in Costa Rica along the San Juan River (Nicaragua v. Costa Rica), Judgment of 16 December 2015 // I.C.J. Reports. — 2015. — P. 665–742.
United Nations General Assembly. The Law of Transboundary Aquifers: Resolution adopted by the General Assembly, 11 December 2008. — A/RES/63/124. — New York: United Nations, 2008.
United Nations Economic Commission for Europe. Convention on Environmental Impact Assessment in a Transboundary Context [Electronic resource]. — Espoo, 1991.
United Nations Economic Commission for Europe. Guide to Implementing the Water Convention. — Geneva: United Nations Economic Commission for Europe, 2013. — 97 p.





