O‘ZBEK TILINI IKKINCHI TIL SIFATIDA O‘RGANUVCHILARNING YOZMA NUTQIDA GRAMMATIK VA SINTAKTIK MURAKKABLIK
Keywords:
o‘zbek tili, ikkinchi til, yozma nutq, grammatik murakkablik, sintaktik murakkablik, grammatik kompetensiya, sintaktik kompetensiya, agglutinativ til, yozma kompetensiya.Abstract
Maqolada o‘zbek tilini ikkinchi til sifatida o‘rganuvchilarning yozma nutqida grammatik va sintaktik murakkablikning shakllanish xususiyatlari tahlil qilinadi. Morfologik vositalardan foydalanish, grammatik shakllarning xilma-xilligi, gaplarning strukturaviy murakkabligi, sodda va qo‘shma gaplar nisbati hamda sintaktik bog‘lanishlarning kengayishi ko‘rib chiqiladi. O‘zbek tilining agglutinativ xususiyatini hisobga olgan holda, grammatik ma’nolarning affikslar orqali izchil ifodalanishi va shu bilan bog‘liq qiyinchiliklar tahlil qilinadi. Murakkablikni faqat xatolar soni asosida emas, balki grammatik shakllar xilma-xilligi, sintaktik konstruksiyalar variativligi, gaplararo bog‘lanishlarni tashkil etish va til vositalarining kommunikativ vazifaga mos tanlanishi asosida baholash zarurligi asoslanadi. Mazkur yondashuv o‘zbek tilini ikkinchi til sifatida o‘rganuvchilarning yozma nutqini avtomatik tahlil qilish va baholash mezonlarini ishlab chiqishga asos bo‘lishi mumkin.
References
Matlatipov S. G., Aripov M. UzUDT: Uzbek Universal Dependencies Treebank. 2026.
Matlatipov S. G., Aripov M., Bobokandov M., Matlatipov G. Annotated Universal Dependencies Dataset for Literary and Educational Uzbek Texts. Data in Brief, 2026, Vol. 66.
Normamatova M., Abduraxmonova N. O‘zbek tilini ikkinchi til sifatida o‘rganish jarayonida til korpusining roli va samaradorligi. 2025.
Akhundjanova A., Talamo L. Universal Dependencies Treebank for Uzbek. 2025.
Council of Europe. Common European Framework of Reference for Languages: Learning, Teaching, Assessment – Companion Volume. Strasbourg: Council of Europe Publishing, 2020.
Ellis R. The Study of Second Language Acquisition. 2nd ed. Oxford: Oxford University Press, 2008.
Granger S. Learner English on Computer. London: Longman, 1998.
Biber D., Gray B., Poonpon K. Should we use characteristics of conversation to measure grammatical complexity in L2 writing development? TESOL Quarterly, 2011, Vol. 45, No. 1.
Norris J. M., Ortega L. Towards an organic approach to investigating CAF in instructed SLA: The case of complexity. Applied Linguistics, 2009, Vol. 30, No. 4.
Ortega L. Syntactic complexity measures and their relationship to L2 proficiency: A research synthesis of college-level L2 writing. Applied Linguistics, 2003, Vol. 24, No. 4.





