FORS KO‘RFAZI MAMLAKATLARIDAN MARKAZIY OSIYOGA KAPITAL OQIMLARI: IQTISODIY O‘SISH VA MINTAQAVIY INTEGRATSIYAGA TA’SIRI
Keywords:
Kalit so‘zlar: Fors ko‘rfazi mamlakatlari, GCC, Markaziy Osiyo, xorijiy to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar, kapital oqimlari, iqtisodiy o‘sish, savdo, mintaqaviy integratsiya, panel ma’lumotlar, Fixed Effects.Abstract
Mazkur maqolada Fors ko‘rfazi mamlakatlari, xususan, GCC davlatlaridan Markaziy Osiyo mamlakatlariga yo‘naltirilayotgan kapital oqimlarining iqtisodiy o‘sish va mintaqaviy integratsiyaga ta’siri tahlil qilinadi. Tadqiqotda Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekistonning 2010–2024-yillardagi panel ma’lumotlaridan foydalanilgan. Kapital oqimlarining iqtisodiy o‘sishga ta’sirini baholashda xorijiy to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar (FDI), savdo ochiqligi va real YAIM o‘sishi asosiy ko‘rsatkichlar sifatida tanlangan. Ekonometrik tahlil natijalari Fixed Effects modelidan foydalanishni asoslaydi. Hausman testi natijasida mamlakatlarga xos kuzatilmaydigan individual ta’sirlarni hisobga olish zarurligi aniqlandi. Empirik natijalar FDI ko‘rsatkichining YAIM o‘sishiga bevosita ta’siri statistik jihatdan sezilarli emasligini, savdo ochiqligining esa iqtisodiy o‘sish bilan ijobiy va statistik jihatdan ahamiyatli bog‘liqlikka ega ekanligini ko‘rsatdi. Shu asosda GCC mamlakatlari kapitalining Markaziy Osiyoga kirib kelishi faqat moliyaviy resurslarni jalb etish vositasi sifatida emas, balki savdo, transport-logistika, energetika, texnologiyalar va ishlab chiqarish kooperatsiyasini rivojlantirish mexanizmi sifatida ko‘rilishi lozim.
References
Borensztein, E., De Gregorio, J., & Lee, J.-W. (1998). How does foreign direct investment affect economic growth? Journal of International Economics, 45(1), 115–135. DOI: 10.1016/S0022-1996(97)00033-0.
Dunning, J. H. (1988). The eclectic paradigm of international production: A restatement and some possible extensions. Journal of International Business Studies, 19(1), 1–31. DOI: 10.1057/palgrave.jibs.8490372.
Romer, P. M. (1990). Endogenous technological change. Journal of Political Economy, 98(5), S71–S102. DOI: 10.1086/261725.
International Monetary Fund. (2026). Strengthening GCC-CCA Economic Cooperation. IMF Working Paper.
International Monetary Fund. (2026). Strengthening GCC-CCA Economic Cooperation. IMF Working Paper.
World Bank. World Development Indicators: Foreign direct investment, net inflows (% of GDP). Indicator BX.KLT.DINV.WD.GD.ZS.
World Bank. World Development Indicators: Trade (% of GDP). Indicator NE.TRD.GNFS.ZS.
Gusseinov, E., & Sarı, Y. (2025). The first format of interregional cooperation with Central Asian countries: The case of the Arab Gulf countries. Ibn Haldun University Press.
Kadyrov, A. K. (2026). From bilateral cooperation to transregional interaction: Uzbekistan and Saudi Arabia in a changing world order. Oriental Journal of Social Sciences.





