EKOLOGIK XAVFSIZ KOMPOZITSION MATERIALLAR ISHLAB CHIQARISH TEXNOLOGIYASI
Keywords:
ekologik kompozitlar, biokompozitlar, polimer kompozitlar, tabiiy tolalar, qishloq xo‘jaligi chiqindilari, biologik parchalanadigan polimerlar, qayta ishlangan xomashyo, ekstruziya, issiq presslash, inyeksion qoliplash, merserizatsiya, hayotiy sikl, ekologik samaradorlik, kompozit materiallar.Abstract
Mazkur maqolada ekologik xavfsiz kompozitsion materiallarni ishlab chiqarishning zamonaviy texnologiyalari, ularning xomashyo bazasi, texnologik tayyorlash bosqichlari va sanoatda qo‘llanish istiqbollari tahlil qilingan. Tadqiqotda tabiiy tolalar, biologik parchalanadigan polimerlar, qishloq xo‘jaligi chiqindilari hamda qayta ishlangan polimer xomashyolardan foydalanish imkoniyatlari o‘rganilgan. Tabiiy tolalarni saralash, tozalash, quritish, maydalash va modifikatsiyalash jarayonlarining kompozit materiallarning strukturaviy va ekspluatatsion xususiyatlariga ta’siri tahlil qilingan. Shuningdek, tabiiy tolalarning gidrofil xususiyatlarini kamaytirish va polimer matritsa bilan adgeziyasini yaxshilashda ishqoriy ishlov berishning ahamiyati ko‘rib chiqilgan. Ekstruziya, inyeksion qoliplash va issiq presslash kabi texnologiyalarning imkoniyatlari taqqoslangan. Tadqiqot natijalari mahalliy qishloq xo‘jaligi chiqindilaridan foydalanish, birlamchi xomashyo sarfini kamaytirish, chiqindilarni qayta ishlash va kompozit materiallarning ekologik samaradorligini oshirish imkoniyatlari mavjudligini ko‘rsatdi. Ekologik xavfsizlikni baholashda materialning butun hayotiy siklini hisobga olish zarurligi asoslab berilgan.
References
Faruk O., Bledzki A.K., Fink H.P., Sain M. Biocomposites reinforced with natural fibers: 2000–2010. Progress in Polymer Science. 2012. 37(11).1552–1596b
Pickering K.L., Efendy M.G.A., Le T.M. A review of recent developments in natural fibre composites and their mechanical performance. Composites Part A. 2016. Vol. 83. P. 98–112b.
John M.J., Thomas S. Biofibres and biocomposites. Carbohydrate Polymers. 2008. 71(3).. 343–364b.
Joshi S.V., Drzal L.T., Mohanty A.K., Arora S. Are natural fiber composites environmentally superior to glass fiber reinforced composites? Composites Part A. 2004. 35(3). 371–376b.
Gurunathan T., Mohanty S., Nayak S.K. A review of the recent developments in biocomposites based on natural fibres and their application perspectives. Composites Part A. 2015. Vol. 77. 1–25b.





