YAPON MADANIYATIDA “MONO NO AWARE” KONSEPSIYASIYASI VA UNING MADANIY TALQINI
Keywords:
Mono no Aware, narsalarning o’tkinchi go’zalligini anglash, yapon estetikasi, yapon madaniyati, falsafiy tafakkur, madaniy qadriyatlar, o’tkinchilik, estetik idrok, an’anaviy madaniyat.Abstract
Ushbu maqolada yapon estetik-falsafiy tafakkurining muhim tushunchalaridan biri bo’lgan “Mono no Aware” (narsalarning o’tkinchi go’zalligini anglash) konsepsiyasining falsafiy va madaniy mohiyati ilmiy jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqotda mazkur konsepsiyaning shakllanish omillari, nazariy asoslari hamda yapon xalqining estetik dunyoqarashi va madaniy qadriyatlari tizimidagi o’rni yoritiladi. Shuningdek, “Mono no Aware”ning hayotning o’tkinchiligi, tabiat va inson o’rtasidagi uyg’unlik hamda hissiy-estetik idrok bilan bog’liqligi yapon adabiyoti, san’ati va an’anaviy madaniyati misolida tahlil etiladi. Maqolada ushbu konsepsiyaning zamonaviy yapon jamiyatidagi madaniy ahamiyati hamda milliy o‘zlikni anglash va estetik qadriyatlarni saqlashdagi o’rni ilmiy manbalar asosida baholanadi. Tadqiqot natijalari "Mono no Aware" konsepsiyasi yapon madaniyatining o’ziga xos falsafiy-estetik tamoyillaridan biri bo’lib, u insonning borliq, vaqt va tabiatga bo’lgan munosabatini shakllantirishda muhim nazariy va amaliy ahamiyat kasb etishini ko’rsatadi.
References
Keene, D. (1993). Seeds in the Heart: Japanese Literature from Earliest Times to the Late Sixteenth Century. New York: Columbia University Press.
Norinaga, M. (2007). The Poetics of Motoori Norinaga: A Hermeneutical Journey. Honolulu: University of Hawaiʻi Press.
Shirane, H. (2012). Japan and the Culture of the Four Seasons: Nature, Literature, and the Arts. New York: Columbia University Press.
Shirane, H. (2013). Traditional Japanese Literature: An Anthology, Beginnings to 1600. New York: Columbia University Press.
Ueda, M. (1991). Literary and Art Theories in Japan. Cleveland: Case Western Reserve University.
Varley, P. (2000). Japanese Culture. Honolulu: University of Hawaiʻi Press.





