OZIQ-OVQAT MAHSULOTLARINING YAROQLILIK MUDDATLARI VA SERTIFIKATSIYASI

Authors

  • Mukimova Shirin Murod qizi Toshkent kimyo-texnologiya instituti 4-bosqich talabasi
  • Mirzayeva Feruza Farhod qizi Samarqand davlat tibbiyot universiteti, PhD mustaqil izlanuvchi

Keywords:

oziq-ovqat xavfsizligi, yaroqlilik muddati, sertifikatsiya, saqlash sharoitlari, mikroorganizmlar, sanitariya-gigiyena talablari, mahsulot sifati, ComBase.

Abstract

Ushbu maqolada oziq-ovqat mahsulotlarining xavfsizligi va sifatini ta'minlashda yaroqlilik muddati, saqlash sharoitlari hamda sertifikatsiyaning ahamiyati yoritilgan. Muallif yaroqlilik muddati tushunchasini ilmiy asosda ochib berib, unga ta'sir etuvchi omillarni — mahsulotning kimyoviy tarkibi, saqlash harorati, havo namligi, pH ko'rsatkichi, suv faolligi va mikrobiologik holatini tahlil qiladi. Maqolada mikroorganizmlarning mahsulot buzilishidagi roli, ComBase kabi zamonaviy prognoz modellaridan foydalanish imkoniyatlari, tez buziluvchi mahsulotlarni saqlashda sanitariya-gigiyena talablariga rioya qilish zarurati muhokama qilinadi. Shuningdek, mahsulotlarni sertifikatsiyalashning iste'molchi salomatligi va manfaatlarini himoya qilishdagi vazifasi ko'rsatiladi. Muallif xulosa sifatida yaroqlilik muddatini ilmiy belgilash, mikrobiologik va fizik-kimyoviy ko'rsatkichlarni nazorat qilish hamda sertifikatsiyadan o'tkazish oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlashning asosiy shartlari ekanini ta'kidlaydi.

References

O‘zbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati. Oziq-ovqat mahsulotlarining yaroqlilik muddati, saqlash va tashish shartlariga qo‘yiladigan sanitariya talablari. SanQvaN 0054-23. Toshkent, 2023.

FAO. Global Food Losses and Food Waste: Extent, Causes and Prevention. Rome: Food and Agriculture Organization of the United Nations, 2011.

HLPE. Food Losses and Waste in the Context of Sustainable Food Systems. A report by the High Level Panel of Experts on Food Security and Nutrition. Rome, 2014.

Baranyi J., Tamplin M.L. ComBase: a common database on microbial responses to food environments. Journal of Food Protection. 2004;67(9):1967–1971.

Aktualnye voprosy ustanovleniya srokov godnosti pishchevykh produktov [Oziq-ovqat mahsulotlarining yaroqlilik muddatlarini belgilashning dolzarb masalalari]. Ilmiy-uslubiy manba.

Downloads

Published

2026-08-14