ESHITISH NUQSONIGA EGA OʻQUVCHILARNING DAKTIL VA ISHORA NUTQINI OʻRGATUVCHI DASTURIY TA'MINOTLARNI JORIY ETISH SAMARADORLIGI
Keywords:
eshitish nuqsoni, daktil nutqi, ishora nutqi, surdopedagogika, dasturiy ta'minot, raqamli ta'lim, interaktiv ilovalar, korreksion ta'lim, muloqot vositalari, 3D-modellashtirish, ijtimoiy integratsiya.Abstract
Ushbu maqolada eshitish nuqsoniga ega o‘quvchilar ta'lim jarayonida daktil va ishora nutqini o‘rgatuvchi zamonaviy dasturiy ta'minotlar hamda raqamli texnologiyalarni joriy etishning ilmiy-metodik va korreksion-pedagogik samaradorligi atroflicha tahlil qilingan. Eshitishi buzilgan bolalarning muloqot hamda bilish faoliyatini rivojlantirishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, xususan, interaktiv ilovalar, 3D-animatsion lug‘atlar va sun'iy intellektga asoslangan platformalarning o‘rni yoritilgan. Maqolada raqamli daktil va ishora nutqi dasturlarining ta'lim jarayoniga tatbiq etilishi o‘quvchilarning lug‘at boyligini oshirish, muloqot to‘siqlarini bartaraf etish, o‘quv motivatsiyasini kuchaytirish hamda ularning ijtimoiy moslashuvini jadallashtirishdagi amaliy natijalari chuqur asoslab berilgan.
References
Shohmurodova SH.SH. Eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalar surdopedagogikasi va ularni inklyuziv ta'limga tayyorlash metodikasi. — Toshkent: Fan va texnologiya, 2022. — 145-b.
Marschark M., Hauser P. C. How Deaf Children Learn: What Parents and Teachers Need to Know. — Oxford: Oxford University Press, 2012. — pp. 112-125.
Mominova L.R., Mo‘minova D.S. Inklyuziv ta'lim muammolari va rivojlanish istiqbollari. — Tashkent: O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti, 2019. — 98-b.
G‘oziyev E.E. Maxsus va integratsiyalashgan ta'lim psixologiyasi. — Toshkent: Universitet, 2021. — 130-b.
O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi. Inklyuziv ta'limni tashkil etish bo‘yicha metodik tavsiyalar. — Toshkent, 2023. — 52-b.
Ayupova M.Y. Logopediya va surdopedagogika asoslari. — Toshkent: O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi nashriyoti, 2020. — 176-b.
Vygotsky L. S. Fundamentals of Defectology (Collected Works of L. S. Vygotsky). — New York: Plenum Press, 1993. — pp. 154-170.





