ICHKI VA TASHQI MIGRATSIYA JARAYONLARINING KRIMINOGEN VAZIYATGA TA'SIRI: TIZIMLI TAHLIL VA ZAMONAVIY TENDENSIYALAR
Keywords:
ichki migratsiya, tashqi migratsiya, kriminogen vaziyat, jinoyatchilik, migratsiya siyosati, transmilliy jinoyatchilik, noqonuniy migratsiya, profilaktika, kriminologiya, urbanizatsiya.Abstract
Mazkur maqolada ichki va tashqi migratsiya jarayonlarining kriminogen vaziyatga ta'siri zamonaviy kriminologik yondashuvlar asosida tizimli tahlil qilinadi. Aholining hududiy harakatchanligi iqtisodiy, ijtimoiy va demografik rivojlanishning muhim omillaridan biri bo‘lishiga qaramay, migratsiya jarayonlari ayrim sharoitlarda jinoyatchilikning o‘zgarishi, ijtimoiy moslashuv muammolari, noqonuniy mehnat bozori shakllanishi, transmilliy uyushgan jinoyatchilik va odam savdosi kabi salbiy hodisalarning kuchayishiga ham sabab bo‘lishi mumkin. Tadqiqotda tizimli tahlil, qiyosiy-huquqiy, statistik va kontent-tahlil metodlari qo‘llanilib, xalqaro tashkilotlar hamda xorijiy davlatlar tajribasi o‘rganildi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasida migratsiya siyosatining rivojlanishi va uning kriminologik xavfsizlikni ta'minlashdagi o‘rni baholandi. Tadqiqot natijasida migratsiya va jinoyatchilik o‘rtasidagi bog‘liqlik bevosita emasligi, balki ijtimoiy-iqtisodiy omillar, bandlik darajasi, urbanizatsiya, huquqiy nazorat hamda migrantlarning integratsiyalashuv darajasi orqali shakllanishi ilmiy asoslandi. Muallif tomonidan migratsiya xavflarini prognozlash, raqamli monitoringni kuchaytirish, profilaktika tizimini takomillashtirish va davlat organlari o‘rtasidagi institutsional hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan amaliy takliflar ishlab chiqildi.
References
Alimboyeva, X. M. (2025). Noqonuniy migratsiyaning ijtimoiy xavfliligi va jinoiy javobgarlik masalalari. Central Asian Journal of Academic Research, 3(5), 214–220.
Paliniyozova, N. (2024). Hozirgi kunda noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashishning mazmun-mohiyati. Yangi Oʻzbekiston ilmiy tadqiqotlar jurnali, 1(4), 4–8.
Rasulov, J. (2025). Xalqaro migratsiya huquqi. Toshkent: Toshkent davlat yuridik universiteti nashriyoti.
Rustambayev, M. H. (2021). Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksiga sharhlar. Umumiy qism. Toshkent: Yuridik adabiyotlar Publish.
Usmonaliev, M. (2022). Kriminologiya. Toshkent: Oʻzbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi.
Umirzakov, B. A., & Boltayev, M. M. (2024). Retsidiv jinoyatchilikning kriminologik tavsifi va oldini olishning o‘ziga xos xususiyatlari. Eurasian Journal of Academic Research, 4(4), 118–126.





