MAKTABGACHA VA MAKTAB TA'LIMI TASHKILOTLARI RAHBARLARINING KOGNITIV XUSUSIYATLARI NAMOYON BO‘LISHINING PSIXOLOGIK DETERMINANTLARI
Keywords:
kognitiv xususiyatlar, kognitiv murakkablik, psixologik determinantlar, ta’lim menejmenti, qaror qabul qilish, rahbarlik sxemasi, tizimli fikrlash, kognitiv murakkablik, maktabgacha ta’lim.Abstract
Mazkur maqolada maktabgacha va maktab ta'limi tashkilotlari rahbarlarining kognitiv xususiyatlari namoyon bo‘lishining psixologik determinantlari ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilingan. Zamonaviy ta'lim tizimida rahbar shaxsiga qo‘yilayotgan talablarning ortib borishi, boshqaruv faoliyatining murakkablashuvi hamda raqamli transformatsiya jarayonlari rahbarlarning kognitiv salohiyatini chuqur o‘rganishni dolzarb ilmiy muammoga aylantirmoqda. Tadqiqotda kognitiv murakkablik, refleksiv fikrlash, metakognitiv nazorat, moslashuvchan tafakkur, qaror qabul qilish va strategik fikrlash rahbarning kasbiy samaradorligini belgilovchi asosiy psixologik determinantlar sifatida ko‘rib chiqilgan. Maqolada kognitiv determinantlarning maktabgacha va maktab ta'limi tashkilotlari rahbarlari boshqaruv samaradorligiga ta'siri konseptual model asosida yoritilgan. Tadqiqot natijalari rahbarlarni tayyorlash va malakasini oshirish tizimida kognitiv kompetensiyalarni rivojlantirish zarurligini ko‘rsatadi.
References
O‘zbekiston Respublikasining “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida”gi 595-son Qonuni. –O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 2019.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 26-maydagi “Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda uning tizimidagi tashkilotlar faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 79-son Farmoni. O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 2023.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-maydagi “Maktabgacha ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 4312-sonli Qarori. O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 2019.
J.L.Floman, A.Ponnok, J.Jeyn va M.Braket. Emotsional intellektga ega maktab rahbarligi inqirozdan oldingi va inqiroz davrida pedagoglar farovonligining muhim bashoratchisi. Frontiers in Psychology, 14, 1159382. https://doi.org/10.3389/fpsyg.2023.1159382.
L.Jang, T.Vu, L.Liyu, P.Ren, va C.Lin. Xitoy maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktorlarining rahbarlik uslublari va pedagoglar liderligi o‘rtasidagi munosabat: psixologik kapitalning mediatorlik rolini tadqiq etish. Frontiers in Psychology, 13, 1006184. https://doi.org/10.3389/fpsyg.2022.1006184.
S.J.Zukerman va C.Shea. Ta'lim tashkiloti rahbarlarining kognitiv sxemalari: liderlik falsafasi va o‘quv jarayonini boshqarish. Journal of School Leadership, 31(4), 274–296. https://doi.org/10.1177/1052684620966063.





