SOLIQ BAZASI YEMIRILISHINING OLDINI OLISHNING ILMIY YECHIMLARI

Authors

  • Ravshanova Orzigul Inoyat qizi O‘zbekiston Milliy Metrologiya Instituti direktor o‘rinbosari MGIMO universiteti "Xalqaro xususiy, savdo va moliya huquqi" yo‘nalishi magistranti

Keywords:

haqiqiy daromad oluvchi (Beneficial Ownership), xalqaro soliq, BEPS, transfer narxlash, iqtisodiy mazmun, konsalting xizmatlari, manbada soliq.

Abstract

Maqolada xalqaro soliq munosabatlarida haqiqiy daromad oluvchi (Beneficial Ownership) konsepsiyasining huquqiy mohiyati, uning xalqaro soliq shartnomalaridagi o‘rni hamda O‘zbekiston Respublikasi soliq qonunchiligida qo‘llanilishi tahlil qilingan.

Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, amalda mazkur konsepsiya asosan dividendlar, foizlar va royalti kabi passiv daromadlarga nisbatan tatbiq etiladi. Biroq so‘nggi yillarda xalqaro soliqdan qochish va soliq bazasini yemirish holatlari konsalting, menejment, IT, marketing, ta’lim hamda guruh ichidagi xizmatlar kabi aktiv daromadlar orqali amalga oshirilayotgani kuzatilmoqda.

Maqolada vositachi (conduit) kompaniya va qobiq (shell) kompaniya orqali amalga oshirilayotgan soliq rejalashtirish sxemalari tahlil qilingan hamda ushbu xizmatlar bo‘yicha haqiqiy daromad oluvchi konsepsiyasini qo‘llashning huquqiy asoslari asoslab berilgan. Shuningdek, xizmatlarning haqiqatda bajarilganligini tasdiqlovchi hujjatlar ro‘yxatini belgilash, iqtisodiy mazmun (economic substance) hamda manfaat (benefit test) talablarini Soliq kodeksiga kiritish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilgan.

References

OECD. Addressing Base Erosion and Profit Shifting. Paris: OECD Publishing, 2013.

OECD. Aligning Transfer Pricing Outcomes with Value Creation (Actions 8–10 Final Reports). Paris: OECD Publishing, 2015.

OECD. Model Tax Convention on Income and on Capital: Condensed Version. Paris: OECD Publishing, 2017.

OECD. Model Tax Convention on Income and on Capital: Commentary. Paris: OECD Publishing, 2017.

OECD. Preventing the Granting of Treaty Benefits in Inappropriate Circumstances (Action 6 – Final Report). Paris: OECD Publishing, 2015.

OECD. Transfer Pricing Guidelines for Multinational Enterprises and Tax Administrations. Paris: OECD Publishing, 2022.

United Nations. United Nations Model Double Taxation Convention between Developed and Developing Countries. New York: United Nations, 2021.

O'zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi. – Toshkent, 2019. (2026-yil holatidagi tahrir).

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 29-iyundagi PF–6013-son Farmoni "O'zbekiston Respublikasining soliq siyosatini takomillashtirish konsepsiyasi to'g'risida."

Downloads

Published

2026-07-18