VOYAGA YETMAGANLAR VIKTIMLIGINING KRIMINOLOGIK XUSUSIYATLARI VA UNING OLDINI OLISH TIZIMINI RIVOJLANTIRISH
Keywords:
viktimologiya, voyaga yetmagan, viktimlik, kriminologiya, jabrlanuvchi, profilaktika, huquqbuzarlik, mahalla, oila, internet xavfsizligi, ijtimoiy muhit, jinoyatchilik.Abstract
Mazkur maqolada voyaga yetmaganlar viktimligining kriminologik mohiyati, uning shakllanishiga ta'sir etuvchi ijtimoiy, huquqiy, psixologik hamda axborot-kommunikatsiya omillari ilmiy jihatdan tahlil qilingan. Voyaga yetmaganlarning jinoyatlardan jabrlanish ehtimolini oshiruvchi omillar oila, ta'lim muassasalari, tengdoshlar muhiti, internet makoni va mahalla instituti faoliyati misolida baholangan. Shuningdek, O'zbekistonda amalga oshirilayotgan viktimologik profilaktika tizimi o'rganilib, uning mavjud imkoniyatlari va muammolari aniqlangan. Muallif tomonidan voyaga yetmaganlar viktimligini kamaytirishga qaratilgan kompleks profilaktika modeli ishlab chiqilgan hamda huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olishning innovatsion mexanizmlari taklif etilgan. Tadqiqot natijalari huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimini takomillashtirish, davlat organlari hamda fuqarolik jamiyati institutlari o'rtasidagi hamkorlikni kuchaytirish, shuningdek, bolalar xavfsizligini ta'minlash bo'yicha ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqishga xizmat qiladi.
References
Ziyodullayev M.Z. Kriminologiya va huquqbuzarliklar profilaktikasi. – Toshkent: TDYU nashriyoti, 2021. – 368 b.
Qushboqov Sh.T. Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasining dolzarb masalalari // Yurisprudensiya. – 2023. – №2. – B. 84–91.
Raxmonqulov A.A. Viktimologik profilaktikani takomillashtirishning nazariy va amaliy jihatlari // Huquq va burch. – 2022. – №4. – B. 46–52.
Saidov A.X. Inson huquqlari va bola manfaatlarini ta'minlashning huquqiy asoslari. – Toshkent: Baktria Press, 2021. – 286 b.
Abdurasulova Q.R. Voyaga yetmaganlar jinoyatchiligining kriminologik tavsifi // Demokratlashtirish va inson huquqlari. – 2022. – №3. – B. 57–64.





