INGLIZ VA O‘ZBEK TILLARIDA FRAZEOLOGIK BIRLIKLARNING LINGVOKULTUROLOGIK XUSUSIYATLARI

Authors

  • Meliyeva Gulnoza Ilmiy rahbar: Toshkent ijtimoiy innovatsiya universiteti o’qituvchisi
  • Maxmudova Zilolaxon Mansurbek qizi Toshkent ijtimoiy innovatsiya universiteti Magistratura 1-kurs talabasi

Keywords:

frazeologizmlar, metafora, semantik struktura, lingvistika, madaniy obrazlar, til va madaniyat.

Abstract

Ushbu maqolada o‘zbek va ingliz tillaridagi frazeologik birliklarning lingvokulturologik xususiyatlari qiyosiy jihatdan tadqiq etilgan. Tadqiqotning asosiy maqsadi frazeologik birliklar orqali har ikki xalqning milliy-madaniy dunyoqarashi, tafakkuri va mentalitetini aniqlash hamda ularning til va madaniyat uyg‘unligidagi o‘rnini yoritishdan iborat. Ushbu maqsadga erishish uchun frazeologiya va lingvokulturologiya tushunchalarining nazariy asoslarini tahlil qilish, o‘zbek va ingliz tillaridagi frazeologik birliklarni mazmuniy va madaniy jihatdan qiyoslash hamda ularni tarjima qilish jarayonida yuzaga keladigan muammolarni aniqlash vazifalari belgilandi. Tadqiqot jarayonida tavsifiy, qiyosiy-tahliliy, semantik hamda lingvokulturologik tahlil metodlaridan foydalanildi. Tadqiqot materiali sifatida o‘zbek va ingliz tillaridagi frazeologik birliklar, badiiy asarlar, ilmiy manbalar hamda lug‘atlardan olingan misollar asos qilib olindi. Frazeologik birliklarning tarkibida aks etgan milliy-madaniy komponentlar har ikki til misolida tahlil qilindi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, frazeologik birliklar xalqning tarixiy tajribasi, urf-odatlari, an’analari va madaniy qadriyatlarini o‘zida mujassamlashtiradi. Ingliz va o‘zbek tillaridagi frazeologik birliklar o‘rtasida o‘xshashliklar bilan bir qatorda, madaniy tafovutlar bilan bog‘liq farqlar ham mavjudligi aniqlandi. Ayniqsa, ushbu birliklarni tarjima qilish jarayonida milliy-madaniy ma’noni to‘liq saqlab qolish muhim masala ekanligi kuzatildi.  Xulosa qilib aytganda maqola natijalari frazeologiya, lingvokulturologiya va tarjima nazariyasi sohalarida olib boriladigan tadqiqotlar uchun nazariy va amaliy ahamiyatga ega bo‘lib, chet tillarini o‘qitish jarayonida ham samarali qo‘llanishi mumkin.

References

Jumayev, B. X. (2018). Frazeologiya va frazeologik birliklar masalalari. Tashkent, Uzbekistan: Fan. 180 p.

Madvaliyev, A. (Ed.). (2006). O‘zbek tilining izohli lug‘ati. Tashkent, Uzbekistan: O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi. 680 p.

Navoiy, A. (1967). Muhokamat ul-lug‘atayn. Tashkent, Uzbekistan: Fan. 152 p.

Navoiy, A. (1983). Mahbub ul-qulub. Tashkent, Uzbekistan: G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot. 240 p.

Nurmatov, A. M. (2015). Zamonaviy o‘zbek tili. Tashkent, Uzbekistan: Fan. 420 p.

Rahmatullayev, S. (2008). O‘zbek tilining izohli frazeologik lug‘ati. Tashkent, Uzbekistan: O‘qituvchi. 528 p.

Salomov, G‘. (1983). Tarjima nazariyasi asoslari. Tashkent, Uzbekistan: Fan. 240 p.

Smirnitskiy, A. I. (1956). Лексикология английского языка. Moscow, Russia: Izdatel’stvo literatury na inostrannykh yazykakh. 320 p.

Vinogradov, V. V. (1977). Русский язык. Лексическое учение о слове. Moscow, Russia: Vysshaya Shkola. 312 p.

Dobrovol’skij, D., & Piirainen, E. (2005). Cultural knowledge and idioms. Berlin, Germany: Mouton de Gruyter. 430 p.

Downloads

Published

2026-06-09