MAHALLALARDA VOYAGA YETMAGANLAR O‘RTASIDAGI HUQUQBUZARLIKLAR PROFILAKTIKASIDA OILAVIY MUHITNING KRIMINOLOGIK TAHLILI
Keywords:
voyaga yetmaganlar, huquqbuzarliklar profilaktikasi, oila, mahalla, kriminologiya, deviant xulq-atvor, ijtimoiy nazorat, tarbiya, jinoyatchilik, profilaktika.Abstract
Mazkur maqolada mahallalarda voyaga yetmaganlar o‘rtasidagi huquqbuzarliklarning kelib chiqishiga ta’sir etuvchi oilaviy omillar kriminologik nuqtayi nazardan tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida oiladagi ijtimoiy-psixologik muhit, ota-onalarning tarbiyaviy mas’uliyati, iqtisodiy sharoit, nazorat darajasi hamda oilaviy nizolarning voyaga yetmaganlar xulq-atvoriga ta’siri o‘rganildi. O‘zbekiston sharoitida mahalla institutining profilaktik faoliyatdagi o‘rni va oilaviy muhit bilan o‘zaro bog‘liqligi ochib berildi. Tadqiqot natijalari oiladagi salbiy ijtimoiy muhit va nazoratning sustligi voyaga yetmaganlar tomonidan sodir etiladigan huquqbuzarliklar xavfini sezilarli darajada oshirishini ko‘rsatdi. Shuningdek, huquqbuzarliklarning oldini olishda mahalla, oila va ta’lim muassasalari hamkorligini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy-amaliy takliflar ishlab chiqildi.
References
Suvanov, S. (2024). Voyaga yetmaganlar tomonidan sodir etiladigan bezorilik jinoyatining kriminologik jihatlari. Science Shine International Scientific Journal, 14(1).
Qurbonova, A. (2022). Voyaga yetmagan shaxslar huquqbuzarliklarining sabablari va ularni oldini olishning psixologik usullari. Eurasian Journal of Academic Research, 2(6), 1232–1234.
Djumaniyazova, I. B., Ro‘zimova, S. D., Xudayberganova, G. S., & Xadjayeva, S. A. (2026). Voyaga yetmaganlar o‘rtasida jinoyatchilik va erta tug‘ruq muammolari: ilmiy-pedagogik tahlil va profilaktika mexanizmlari. Science and Education, 7(4), 560–566.
Tileuov, E. M. (2025). Voyaga yetmaganlar jinoyatchiligi va uning oldini olish omillari. Modern Science and Research, 2(2).
Valiboyev, I. T. (2025). Voyaga yetmaganlar tomonidan sodir etiladigan bezorilik jinoyatlarining kriminologik tavsifi. Shokh Library Journal, 14(1).





