KUNGABOQAR (HELIANTHUS ANNUUS L.) SAVATCHALARIDAN PEKTIN AJRATIB OLISH TEXNOLOGIYASI VA UNING FIZIK-KIMYOVIY XOSSALARINI TADQIQ ETISH"
Keywords:
Helianthus annuus L., kungaboqar savatchasi, pektin, gidroliz-ekstraktsiya, esterifikatsiya darajasi, poligalakturon kislotasi, gellanish.Abstract
Ushbu maqolada kungaboqar (Helianthus annuus L.) savatchalaridan gidroliz-ekstraktsiya usuli yordamida yuqori sifatli pektin moddalarini ajratib olish texnologiyasi va olingan maxsulotning fizik-kimyoviy xossalari tadqiq etilgan. Pektin unumiga gidrolizlovchi agent turi, harorat, jarayon davomiyligi va muhit pH koʻrsatkichining taʼsiri oʻrganildi. Eng yuqori unum kislotali gidroliz (pH 1.8–2.2) sharoitida, 80–85 °C haroratda 90 daqiqa davomida olib borilganda kuzatildi. Olingan pektinning namligi, kulligi, poligalakturon kislotasi miqdori hamda esterifikatsiya darajasi kabi asosiy koʻrsatkichlari aniqlandi va xalqaro standartlar bilan solishtirildi. Tadqiqot natijalari kungaboqar sanoati chiqindilaridan oziq-ovqat va farmatsevtika sanoati uchun qimmatli boʻlgan gellesh xususiyatiga ega pektin olish imkoniyatini koʻrsatadi
References
Alikulov, S. S., & Asrorov, A. A. (2021). Oʻsimlik xomashyolaridan pektin moddalari ajratib olish texnologiyasi. Oʻzbekiston Kimyo Jurnali, (3), 45-51.
Garnaik, B., & Shrivastava, R. (2019). Extraction and characterization of pectin from sunflower heads (Helianthus annuus L.). Journal of Food Science and Technology, 56(4), 2115-2123.
Popov, V. A., & Igamberdiyev, B. T. (2023). Qishloq xoʻjaligi chiqindilarini qayta ishlashning ekologik va iqtisodiy jihatlari. Fargʻona Davlat Universiteti Ilmiy Xabarlari, (2), 88-93.
Rombouts, F. M., & Thibault, J. F. (2018). Fermentation and chemical characterization of sunflower pectin. Carbohydrate Polymers, 102, 115-122.
Voragen, A. G., Coenen, G. J., Verhoef, R. P., & Schols, H. A. (2009). Pectin, a versatile polysaccharide in plant cell walls. Structural Chemistry, 20(2), 263-275.





