GSP+ PREFERENSIYALARI ASOSIDA OʻZBEKISTON IQTISODIYOTINING INSTITUTSIONAL TRANSFORMATSIYASI VA SAVDO DIVERSIFIKATSIYASI
Keywords:
Yevropa Ittifoqi bozorlari, savdo preferensiyalari tizimlariAbstract
Soʻnggi yillarda Yevropa Ittifoqi va Oʻzbekiston oʻrtasidagi iqtisodiy hamkorlik Markaziy Osiyo mintaqasida savdo va investitsiya integratsiyasining muhim yoʻnalishlaridan biri sifatida shakllanib bormoqda. Xususan, savdo preferensiyalari tizimlari orqali bozor imkoniyatlarini kengaytirish masalasi ikki tomonlama iqtisodiy aloqalarni chuqurlashtirishda muhim institutsional mexanizm sifatida namoyon boʻlmoqda. Shu nuqtai nazardan, Generalized Scheme of Preferences Plus (GSP+) tizimi Oʻzbekiston uchun eksport salohiyatini oshirish, ishlab chiqarish tuzilmasini modernizatsiya qilish hamda mamlakatning global iqtisodiy tizimga integratsiyasini jadallashtirishda muhim strategik instrument sifatida qaraladi.





