LIKVIDLIKNI QOPLASH KOEFFITSIYENTI VA BANK RENTABELLIGI O‘RTASIDAGI NOLINEAR BOG‘LIQLIK: TESKARI U-SHAKLLI MUNOSABATNING EMPIRIK TAHLILI
Keywords:
likvidlikni qoplash koeffitsiyenti (LCR), bank rentabelligi, tijorat banklari, likvidlik riski, Basel III standartlari, moliyaviy barqarorlik, bank samaradorligi, aktivlar rentabelligi (ROA), kapital rentabelligi (ROE), nolinear bog‘liqlik, teskari U-shaklli munosabat, likvidlikni boshqarish, risk-menejment, empirik tahlil.Abstract
Mazkur maqolada tijorat banklarida likvidlikni qoplash koeffitsiyenti (Liquidity Coverage Ratio – LCR) va bank rentabelligi o‘rtasidagi nolinear bog‘liqlikning empirik tahlili amalga oshirilgan. Tadqiqotda prudensial likvidlik talablari va rentabellik ko‘rsatkichlari o‘rtasidagi munosabatning teskari U-shaklli xususiyatga egaligi o‘rganilib, likvidlik darajasining ortishi bank faoliyati samaradorligiga qanday ta’sir ko‘rsatishi ekonometrik jihatdan baholangan. Shuningdek, banklar tomonidan likvidlik riskini boshqarish mexanizmlari, yuqori likvidli aktivlarni saqlashning afzalliklari va opportunistik xarajatlari (cheklovlari) hamda optimal likvidlik darajasini ta’minlashning rentabellikka ta’siri tahlil qilingan. Tadqiqot natijalari tijorat banklarida likvidlikni samarali boshqarish, moliyaviy barqarorlikni mustahkamlash va rentabellikni optimallashtirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqishga xizmat qiladi.
References
Basel Committee on Banking Supervision (BCBS). (2013). Basel III: The Liquidity Coverage Ratio and liquidity risk monitoring tools. Bank for International Settlements (BIS), Basel.
Bordeleau, E., & Graham, C. (2010). The Impact of Liquidity on Bank Profitability. Bank of Canada Working Paper, No. 2010-38, 1-32.
Dietrich, A., & Wanzenried, G. (2014). The determinants of commercial bank profitability before and during the crisis: Evidence from Switzerland. Journal of International Financial Markets, Institutions and Money, 21(3), 307-327.
Goddard, J., Molyneux, P., & Wilson, J. O. (2015). The profitability of European banks: a cross-sectional and time-series analysis. The Manchester School, 72(3), 363-381.
Khan, M. S., & Ali, M. (2020). Nonlinear relationship between liquidity and bank profitability: Evidence from emerging markets. Journal of Financial Stability, 49, 1007-1018.
Markaziy bank. (2024). O‘zbekiston Respublikasi bank tizimining moliyaviy barqarorlik sharhi. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining rasmiy statistik ma’lumotlari.
Nguyen, T., & Nguyen, M. (2021). The inverted U-shaped relationship between liquidity and performance of commercial banks. International Journal of Economics and Financial Issues, 11(2), 45-53.
Vohidov, A. A. (2022). Tijorat banklarida likvidlik risklarini Basel III standartlari asosida boshqarishni takomillashtirish. Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar ilmiy jurnali, 10(4), 112-125.





