NUTQ NUQSONLARINI KORREKSIYALASHDA LOGOPEDIK MASHG‘ULOTLARNING AHAMIYATI

Authors

  • Naxshibanova Dilafruz Baxrom qizi ATMU, Maxsus pedagogika 1-bosqich talabasi

Keywords:

logopediya, nutq nuqsonlari, individual yondashuv, vizual material, komplekslilik, rivojlanish tamoyili, ko’rgazmalilik, logopedik ritmika, o’yin metodi, modellashtirish.

Abstract

Nutq va talaffuzdagi muammolar bolaning ta’lim olish, jamiyatga integratsiya qilish va boshqa shaxslar bilan muloqot qilishdagi qiyinchiliklarga olib kelishi mumkin. Ushbu maqolada nutq nuqsonlariga ega bo‘lgan, xususan, og‘ir nutq nuqsonlari bo‘lgan bolalar bilan olib boriladigan logopedik mashg‘ulotlarning ahamiyati va ularning metodologik asoslari yoritilgan. Nutq buzilishlarining kelib chiqish sabablari, korreksion ishlarda qo‘llaniladigan asosiy tamoyillar hamda zamonaviy logopediyaning boshqa fanlar bilan aloqasi tahlil qilingan. Shuningdek, mashg‘ulotlar jarayonida bolalarning so‘z boyligini oshirish, talaffuzini to‘g‘rilashda vizual materiallar va eshitish mashqlaridan samarali foydalanish usullari ko‘rsatib o‘tilgan. Logopedik ishlarni aniq va individual yondashuv asosida tashkil etishning amaliy tavsiyalari bayon etilgan.

References

Ayupova M.Y, „Logopediya” –Toshkent: O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashtiyoti, 2007. – 384b.

Mo‘minova L, Ayupova M, Kalbayeva X, Xamidova M. „Korreksion ishlar maxsus metodikasi”. O‘quv qo‘llanma – Toshkent: O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti, 2012.

Raxmanova M.V. „Korreksion pedagogika va logopediya” – Toshkent: Nizomiy nomidagi TDPU, 2007.

Kurbanova Z.J. „Rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalar bilan korreksion logopedik ish” – Qarshi, Ilm-¬fan-ma’naviyat nashriyoti, 2025. - 403b.

Downloads

Published

2026-06-13