DAVLAT QARZI VA DAVLAT QARZINING HUQUQIY ASOSLARI
Keywords:
“Milliy jamg‘arma”, Davlat qarzi, konservativ qarz siyosati, “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi”, “Byudjet kodeksi”,Abstract
Ushbu maqola zamonaviy iqtisodiyotning ajralmas qismi bo‘lgan davlat qarzi, uning mazmun-mohiyati va huquqiy tartibga solish mexanizmlariga bag‘ishlangan. Tadqiqotda O‘zbekistonning qarz siyosatidagi so‘nggi yillarda yuz bergan o‘zgarishlarni, xususan, yangi tahrirdagi Konstitutsiya va 2022-yilda qabul qilingan “Davlat qarzi to‘g‘risida”gi qonun misolida tahlil qiladi. Maqolada davlat qarzining Yalpi ichki mahsulotga nisbatan belgilangan 60 foizlik yuqori chegarasi hamda qarz mablag‘larining maqsadli ishlatilishini nazorat qiluvchi organlar faoliyati ko‘rsatib o‘tilgan. Shuningdek, tadqiqotda Qozog‘istonning qarz boshqaruvidagi “Milliy jamg‘arma” modeli va kvasidavlat sektori qarzi ustidan nazorat o‘rnatish tajribasi qiyosiy tahlil qilingan. Yakuniy qismda qarz yukini kamaytirish, valyuta xatarlarini boshqarish va kelajak avlodlar uchun iqtisodiy barqarorlikni ta’minlash bo‘yicha xulosa va takliflar ilgari surilgan.
References
Vahobov A.V., Malikov T.S. Moliya: darslik. / Toshkent: "Sharq", 2022-y.
Isakov J. "Davlat qarzini boshqarishning huquqiy mexanizmlari" // "O‘zbekiston iqtisodiy axborotnomasi" jurnali, 2023-y.
Kun.uz//O‘zbekiston va jahon yangiliklari.
Qozog‘iston Respublikasi Prezidentining 2000-yil 23-avgustdagi № 402-sonli Farmoni ("Qozog‘iston Respublikasi Milliy jamg‘armasini shakllantirish va undan foydalanish konsepsiyasi to‘g‘risida")
Qozog‘iston Respublikasi Moliya vazirligining "Davlat va kvasidavlat sektori qarzini boshqarish statistikasi" (Ministry of Finance of RK, Public and Quasi-public Debt Reports).
Xalqaro valyuta jamg‘armasi (IMF): "Kazakhstan: Article IV Consultation-Staff Report" (Xalqaro valyuta jamg‘armasining har yillik mamlakat hisoboti).
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 17-noyabrdagi PQ-364-sonli “O‘zbekiston Respublikasining davlat qarzi bo‘yicha o‘rta muddatli strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori.
www.lex.uz





