“AYOLLAR MAMLAKATI VA SALTANATI” ROMANIDA QAHRAMONLAR TIZIMI VA ULARNING BADIIY XUSUSIYATLARI
Keywords:
Kalit so‘zlar: Omon Muxtor, antiutopiya, allegoriya, shartli-badiiy tafakkur, qahramonlar tizimi, xarakterologiya, o‘zbek romanchiligi.Abstract
Annotatsiya: Ushbu maqolada istiqlol davri o‘zbek nasrining yetakchi vakillaridan biri Omon Muxtorning “Ayollar mamlakati va saltanati” romani badiiy-estetik jihatdan tadqiq etiladi. Asarda yaratilgan antiutopik va allegorik dunyo modeli, shartli-badiiy tafakkurning romandagi o‘rni hamda personajlar tizimining o‘ziga xos xarakterologik xususiyatlari tahlil qilingan. Romandagi ijtimoiy-siyosiy va falsafiy qatlamlar qahramonlar tizimi orqali ochib berilib, adibning xarakter yaratish mahorati adabiy-tanqidiy nuqtai nazardan baholangan.
References
Karimov B. Ruhiy dunyo xaritasi (Adabiy-tanqidiy maqolalar). – Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2019.
Sultonova M. Omon Muxtor nasrida shartlilik va ramz. – Toshkent: Mumtoz so‘z, 2019.
Normatov U. Ijod sehri (Adabiy-tanqidiy maqolalar, kuzatishlar). – Toshkent: Sharq, 2007.
Omon Muxtor. Ayollar mamlakati va saltanati (Roman). – Toshkent: Sharq nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi Bosh tahririyati, 2005.
Quronov D. Adabiyotshunoslik nazariyasi asoslari. – Toshkent: Navoiy Universiteti, 2018.
Yo‘ldoshev Q. So‘z va ruh jozibasi (Zamonaviy o‘zbek nasri muammolari). – Toshkent: Ma’naviyat, 2012.
Jabborov N. Zamonaviy o‘zbek prozasida davr va qahramon muammosi. – Buxoro: Durdona, 2023.
Karimov B. Yangi o‘zbek adabiyoti xronologiyasi va poetikasi. – Toshkent: Innovatsiya-ziyo, 2020.
Umarov S. O‘tish davri kishisi ruhiyatining adabiyotda aks etishi. – Farg‘ona: Klassik, 2022.





