QURILISH CHIQINDILARINI QAYTA ISHLASH TEXNOLOGIYALARINING XALQARO TAJRIBASI VA O‘ZBEKISTONDA QO‘LLASH ISTIQBOLLARI

Authors

  • Choriyev Maruf Dilmurod o’g’li “TIQXMMI” MTU, “Ekologiya va suv resurslarini boshqarish” kafedrasi magistranti.

Keywords:

qurilish chiqindilari, qayta ishlash texnologiyalari, aylana iqtisodiyot, ekologik barqarorlik, beton chiqindilari, asfaltni qayta ishlash, xalqaro tajriba, O‘zbekiston, chiqindilarni boshqarish, SWOT tahlil.

Abstract

Ushbu maqolada qurilish chiqindilarini qayta ishlash texnologiyalarining xalqaro tajribasi va ularni O‘zbekiston sharoitida qo‘llash istiqbollari tahlil qilingan. Tadqiqot davomida Germaniya, Niderlandiya, Yaponiya va Janubiy Koreya kabi davlatlarning qurilish chiqindilarini boshqarish hamda qayta ishlash bo‘yicha amaliy tajribalari o‘rganildi. Tadqiqotda qiyosiy tahlil, statistik tahlil va SWOT tahlil usullaridan foydalanildi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, beton, asfalt, metall va boshqa qurilish materiallarini qayta ishlash texnologiyalari tabiiy resurslardan foydalanish hajmini kamaytirish, chiqindilarni poligonlarga joylashtirishni qisqartirish hamda ekologik barqarorlikni ta’minlashda muhim ahamiyatga ega. O‘zbekiston sharoitida qurilish chiqindilarini qayta ishlash tizimini rivojlantirish uchun zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, investitsiyalarni jalb qilish va normativ-huquqiy bazani takomillashtirish zarurligi asoslandi.

Downloads

Published

2026-06-05