RAQAMLI MOLIYANING RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MISOLIDA EMPIRIK TAHLIL
Keywords:
raqamli moliya, fintech, neobanklar, P2P oʻtkazmalari, moliyaviy inklyuziya, regulyativ sandbox, Open Banking, API arxitekturasi, raqamli tafovut.Abstract
Ushbu maqolada Oʻzbekiston Respublikasida raqamli moliyaviy ekotizimning shakllanishi, uning transformatsion dinamikasi va makroiqtisodiy barqarorlikka ta’siri empirik hamda tizimli-qiyosiy tahlil qilingan. Tadqiqot doirasida Markaziy bank, Statistika agentligi va Jahon bankining 2020–2025-yillardagi rasmiy maʼlumotlari asosida masofaviy bank xizmatlari, tranzaksiyalar tarkibi va “regulyativ sandbox” mexanizmlarining samaradorligi baholangan. Tahlillar shuni koʻrsatadiki, raqamli moliya tizimida anʼanaviy POS-terminallardan QR-kod va NFC texnologiyalariga oʻtish, shuningdek, P2P oʻtkazmalari ulushining kamayib, B2C va G2C segmentlarining ortishi iqtisodiyotning real sektoriga xizmat koʻrsatuvchi funksional bosqich boshlanganidan dalolat beradi. Maqolada neobanklar faoliyati, biometrik identifikatsiyaning ijobiy natijalari bilan bir qatorda, hududiy raqamli tafovut (digital divide) va onlayn kreditlarning yuqori foiz stavkalari kabi tizimli muammolar aniqlangan hamda ularni bartaraf etish boʻyicha strategik takliflar ilgari surilgan.
References
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 5-oktabrdagi “ “Raqamli O‘zbekiston — 2030” strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6079-son Farmoni. // Lex.uz: https://lex.uz/docs/5031048
Arner, D. W., Buckley, R. P., & Zetzsche, D. A. (2018). FinTech for Financial Inclusion: A Framework for Digital Financial Transformation. UNSW Law Research Paper No. 18-87. SSRN. https://dx.doi.org/10.2139/ssrn.3245287
Sahay, R., von Allmen, U. E., Lahreche, A., Khera, P., Ogawa, S., Bazarbash, M., & Beaton, K. (2020). The Promise of Fintech: Financial Inclusion in the Post COVID-19 Era. IMF Departmental Paper No. 2020/009. International Monetary Fund.
Arner, D. W., Buckley, R. P., Zetzsche, D. A., & Veidt, R. (2020). Sustainability, FinTech and Financial Inclusion. European Business Organization Law Review, 21(1), 7–35. https://doi.org/10.1007/s40804-020-00183-y
Demirguc-Kunt, A., Klapper, L., Singer, D., Ansar, S., & Hess, J. (2018). The Global Findex Database 2017: Measuring Financial Inclusion and the Fintech Revolution. World Bank Group. https://doi.org/10.1596/978-1-4648-1259-0
Prahalad, C. K., & Hammond, A. (2002). Serving the World’s Poor, Profitably. Harvard Business Review, 80(9), 48–57. (Hindiston JAM strategiyasiga nazariy zamin — qarang: Invest India, Digital India Programme Overview, 2023).
Toshmatov, Sh. A. (2022). Raqamli banking xizmatlari: O‘zbekiston bank tizimida transformatsiya bosqichlari. “Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar” jurnali, 2022-yil, 5-son. O‘zbekiston Milliy universiteti. https://uzjournals.edu.uz/iqtisodiyot_innovatsiya
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Milliy statistika qo’mitasi. (2025). Internetdan foydalanuvchi aholi ulushi bo‘yicha rasmiy press-reliz (sentyabr 2025). Toshkent: Milliy statistika qo‘mitasi. https://stat.uz/en/press-center/news-of-committee/64213
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi maʼlumotlari (2020–2025-yy.). Rasmiy veb-sayt (stat.uz).





