OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDA EKOLOGIK DIPLOMATIYALAR
Keywords:
ekologik diplomatiya, xalqaro munosabatlar, transchegaraviy suvlar, Orolboʻyi inqirozi, Qoʻshtepa kanali, iqlim oʻzgarishi, yashil iqtisodiyot, koʻp tomonlama diplomatiya, regional xavfsizlik, Parij bitimi.Abstract
Mazkur ilmiy maqolada Oʻzbekiston Respublikasining zamonaviy tashqi siyosiy faoliyatida ekologik diplomatiyaning oʻrni, uning institutsional-huquqiy asoslari hamda Markaziy Osiyo mintaqasidagi geosiyosiy va geoekologik jarayonlarga taʼsiri tizimli tadqiq etilgan. Orol dengizi havzasidagi inqiroz oqibatlarini yumshatish, transchegaraviy suv resurslaridan oqilona va adolatli foydalanish hamda global iqlim oʻzgarishlariga moslashish sharoitida respublikaning xalqaro tashabbuslari tahlil qilingan. Maqolada regional xavfsizlikni taʼminlash va milliy manfaatlarni diplomatik vositalar orqali himoya qilish strategiyalari ilmiy jihatdan asoslab berilgan boʻlib, soha taraqqiyoti uchun konseptual takliflar ilgari surilgan.
References
Mirziyoyev Sh.M. Yangi Oʻzbekiston taraqqiyot strategiyasi. – Toshkent: “Oʻzbekiston”, 2022.
BMT Bosh Assambleyasining “Orolboʻyi mintaqasini ekologik innovatsiyalar va texnologiyalar hududi deb eʻlon qilish toʻgʻrisida”gi maxsus Rezolyutsiyasi. – Nyuyork, 2021-yil 18-may.
Alixonov B. Markaziy Osiyoda ekologik xavfsizlik va barqaror rivojlanish muammolari. – Toshkent: Fanning akademnashri, 2021.
Karimov R. Transboundary Water Resources in Central Asia: International Law and Regional Diplomacy. // Journal of International Relations and Political Science. – Tashkent, 2023. - Vol. 4, No. 2. – pp. 112-125.
Keohane R. O., Nye J. S. Power and Interdependence. – 4th ed. - Boston: Longman, 2012.
Gletcher N. Environmental Diplomacy: Negotiating More Effective Global Agreements. – Oxford University Press, 2020.
Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligining 2024–2025-yillardagi milliy hisobotlari va tahliliy maʼlumotnomalari.





