KOREYS VA O‘ZBEK TILLARIDA “DEHQON VA DEHQONCHILIK” KONSEPTI BILAN ALOQADOR MAQOLLARNING QIYOSIY TAHLILI
Keywords:
lingvokulturologiya, paremiologiya, dehqonchilik konsepti, koreys tili, o‘zbek tili, milliy mentalitet, madaniy kod, majoziy ma’no, agrar madaniyat.Abstract
Ushbu maqolada koreys va o‘zbek tillaridagi dehqonchilikka oid maqollarning lingvokulturologik xususiyatlari qiyosiy jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqotda maqollar xalqning agrar madaniyati, mehnatga munosabati va milliy mentalitetini aks ettiruvchi muhim manba sifatida o‘rganilgan. Maqolada har ikki xalqning dehqonchilik an’analari bilan bog‘liq o‘xshash va farqli jihatlari konkret misollar (ekvivalentlar) yordamida ko‘rsatib berilgan. Shuningdek, qishloq xo‘jaligi leksikasining maqollarda to‘g‘ri va ko‘chma (majoziy) ma’nolarda qo‘llanishi tahlil qilinib, ularning ijtimoiy-tarbiyaviy ahamiyati ochib berilgan.
References
Safarov Sh. Pragmalingvistika. – Toshkent: O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi, 2008.
Madayev O. O‘zbek xalq og‘zaki ijodi. – Toshkent: Mumtoz so‘z, 2010.
Shomaqsudov Sh., Shorahmedov Sh. Ma’nolar maxzani. – Toshkent: O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi, 2001.
Lee Ki-moon. Introduction to the History of the Korean Language. – Seoul: Pagijong Press, 2005.
National Institute of Korean Language. Standard Korean Language Dictionary (표준국어대사전). – Seoul, 1999.
Kim, J.H. Dictionary of Korean Agriculture Proverbs. – Seoul: Minsokwon, 2012.





