ABDULLA QODIRIYNING “O‘TKAN KUNLAR” ROMANIDA QAHRAMONLAR NUTQINI INDIVIDUALASHTIRISHNING LISONIY VOSITALARI VA LINGVOPOETIK XUSUSIYATLARI
Keywords:
lingvopoetika, nutqiy portret, individuallashtirish, leksik konnotatsiya, pragmalingvistika, sotsiolingvistika, sotsiolekt, Abdulla Qodiriy, “O‘tkan kunlar”, stilistik differensiallashuv.Abstract
Ushbu ilmiy tadqiqotda o‘zbek romanchiligining asoschisi Abdulla Qodiriyning “O‘tkan kunlar” romanida personajlar nutqini individuallashtirish mahorati zamonaviy lingvopoetika, sotsiolingvistika va pragmalingvistika prinsiplari asosida tahlil qilinadi. Badiiy matnda har bir qahramonning lisoniy qiyofasini yaratishda muallif tomonidan qo‘llanilgan leksik-stilistik, morfologik va dialektal vositalar tizimli ravishda o‘rganilgan. Maqolada asardagi ijobiy, salbiy hamda gender xususiyatga ega obrazlar guruhining nutqiy portretlari aniq matniy misollar bilan asoslangan. Tadqiqot davomida olingan natijalar o‘zbek adabiy tilining tarixiy shakllanish jarayonini, shuningdek, yozuvchining lisoniy-estetik idealini ochib berishga xizmat qiladi.
References
Abdulla Qodiriy. “O‘tkan kunlar”. Roman. Toshkent: Sharq nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati, 2018.
Qozoq Yo‘ldoshev. “Badiiy tahlil asoslari”. Toshkent: Kamalak, 2016.
Ma’rufjon Yo‘ldoshev, Zokirjon Isaqov, Shohqadam Haydarov. “Badiiy matnning lisoniy tahlili”. Toshkent: Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi nashriyoti, 2010.
Z.T.Taxirov. “O‘zbek tilining amaliy uslubiyati”. Toshkent: Tafakkur avlodi, 2021.
Izzat Sulton. “Adabiyot nazariyasi”. Toshkent: O‘qituvchi, 2005.





