AHMAD AL-FARG’ONIY VA UNING ILMIY MEROSI

Authors

  • Jumaeva Nilufar Axmatovna BuxDU Arxeologiya Buxoro tarixi kafedrasi katta o‘qituvchisi
  • Tohirova Maftuna BuxDU IV bosqich talabasi

Keywords:

Al-Farg’oniy, alfraganus, Bayt ul-hikma, astronomiya, nilometr, yer meridianining o’lchanishi.

Abstract

 IX-XII  asrlarda  yashab  ijod  etgan  O‘rta  Osiyo  xalqlari  va  butun  dunyo tabiiy-ilmiy fiqrlarning rivojlanishiga juda katta hissa qo‘shgan buyuk mutafakkirlardan biri Ahmad Ibn Muhammad al-Farg‘oniy (798-865) dir. Ahmad Farg‘oniy O‘rta asrlarda yashagan O‘rta Osiyolik olimlar orasida buyuk astronom, matematik, geograf sifatida asosiy o‘rinni egallaydi. U asli Farg‘onaning Qubo (hozirgi  Quva)  shahrida  tug‘ilib  o‘sib,  o‘zining  datlabki  ma’lumotini  shu  erda oladi. Ahmad o‘tkir zehnli va qobiliyatli bola bo‘ladi, u matematika, geografiya, mantiq, ilohiyot, falsafa, tilshunoslik sohalarini puxta egallaydi, husnixat sohasida suls va nash xatlarini chiroyli yozadigan bo‘ladi. Ahmad o‘z davridagi arab, fors, turk va yunon tillarini o‘rganadi. U o‘zi o‘rgangan barcha ilmlar ichida, ayniqsa, astronomiya (ilmi nujum) ga katta mehr bilan qaraydi. So‘ng o‘z bilimlarini oshirish, o‘qish va o‘rganish uchun o‘sha davrning ilmiy markazlaridan bo‘lgan Bag‘dodga  kelib,  u  erda  “Baytulhikmat”  (Donishmandlar  uyi)  da  ustozlardan saboq  olib,  o‘zi  ham  ilmiy  tadqiqotlar  olib  boradi.  U  bu  erdagi  olimlar  bilan birlikda va hamkorlikda hind, fors va yunon tillaridan arab tiliga tarjimalar qiladi. Ahmad Farg‘oniy Bag‘dodda “Baytul-hikma” ning etakchi olimlaridan biri sifatida tanilib, shu erda yashab, ijod etadi.

References

Namozov B. Sharq allomalarining ilmiy ma’naviy merosi O‘quv qo‘llanma 20-bet.

https://kun.uz/89323627 Zuhra Abduhalimova

МАЬНАВИЯТ ЮЛДУЗЛАРИ. АБДУЛЛА КОДИРИЙ НОМИДАГИ ХАЛК МЕРОСИ НАШРИЕТИ ТОШКЕНТ-1999. 46-БЕТ

www.ziyouz.com kutubxonasi

Downloads

Published

2026-05-23