NORMAL KOSTING VA HAQIQIY KOSTING

Authors

  • Xudaynazarova Dilnoza Gafurovna Samarqand iqtisodiyot va servis instituti “Buxgalteriya hisobi” kafedrasi katta o’qituvchisi
  • Qo'chqorov Dostonjon Samarqand iqtisodiyot va servis instituti talabasi

Keywords:

normal kosting, haqiqiy kosting, boshqaruv hisobi, tannarx hisobi, me’yoriy xarajatlar, haqiqiy xarajatlar, xarajatlar nazorati, ishlab chiqarish samaradorligi, kalkulyatsiya, moliyaviy natija, xarajatlar tahlili, boshqaruv qarorlari

Abstract

Mazkur maqolada korxonalarda xarajatlarni hisobga olish va mahsulot tannarxini aniqlashda qo‘llaniladigan normal kosting hamda haqiqiy kosting tizimlarining iqtisodiy mohiyati, amaliy ahamiyati va boshqaruv qarorlarini qabul qilishdagi o‘rni tahlil qilingan. Tadqiqot davomida ushbu ikki yondashuvning xarajatlarni rejalashtirish, nazorat qilish va moliyaviy natijalarni baholashdagi farqli jihatlari ilmiy hamda amaliy nuqtai nazardan yoritilgan. Shuningdek, ishlab chiqarish jarayonida me’yoriy xarajatlar asosida og‘ishlarni aniqlash, resurslardan foydalanish samaradorligini oshirish hamda tannarxni optimallashtirish imkoniyatlari ko‘rib chiqilgan. Maqolada normal kosting tizimining tezkor boshqaruv va ichki nazoratdagi ustunliklari, haqiqiy kosting tizimining esa real xarajatlarni aks ettirishdagi aniqligi misollar asosida asoslab berilgan. Tadqiqot natijasida korxona faoliyatining xususiyatidan kelib chiqib, ushbu tizimlardan oqilona foydalanish boshqaruv samaradorligini oshirishga xizmat qilishi xulosa qilingan.

References

Hasanov, B. A., Gʻaniyev, Z. U., & Muxammedova, D. A. (2018). Boshqaruv hisobi. Toshkent: Iqtisod-moliya nashriyoti.

Pardayev, A. X., & Pardayeva, Z. A. (2019). Boshqaruv hisobi: nazariya va amaliyot. Toshkent: Iqtisod-moliya nashriyoti.

Axmedjanov, A. (2025). Tannarx hisobining xalqaro tajribalari va O‘zbekistonda uni takomillashtirish yo‘nalishlari. Modern Science: Theory and Practice Journal. https://sciup.org/tannarx-hisobining-xalqaro-tajribalari-va-ozbekistonda-uni-takomillashtirish-140311776

Ibragimova, N. S., & Xudoynazarova, D. G. (2024). Boshqaruv hisobi maqsadlarida hisob siyosati. O‘zbekistonda ilmiy innovatsion g‘oyalar jurnali. https://journalss.org/index.php/obr/article/view/4843

Nurniyozov, F. A. (2024). Boshqaruv hisobi tizimida xarajatlar hisobi va ichki nazorat masalalari. Tadqiqotlar jurnali. https://journalss.org/index.php/tad/article/view/17846

Djumanov, S. A. (2025). Mahsulot tannarxini hisoblash usullarini takomillashtirish masalalari. Marketing jurnali. https://marketingjournal.uz/index.php/mj/article/view/205

Downloads

Published

2026-05-22