MENEJMENTLIK BUXGALTERIYA HISOBINI TASHKIL ETISHNING AVTONOM VA INTEGRATSIYALASHGAN TIZIMLARI.
Keywords:
menejmentlik buxgalteriya hisobi, avtonom tizim, integratsiyalashgan tizim, boshqaruv hisobi, moliyaviy hisob, boshqaruv qarorlari, axborot tizimi, ichki nazorat, xarajatlar hisobi, korxona samaradorligi, strategik boshqaruv, iqtisodiy tahlil.Abstract
Mazkur maqolada menejmentlik buxgalteriya hisobini tashkil etishning avtonom va integratsiyalashgan tizimlari ilmiy-amaliy jihatdan tahlil qilingan. Tadqiqot davomida ushbu tizimlarning iqtisodiy mazmuni, boshqaruv qarorlarini qabul qilishdagi ahamiyati hamda korxona faoliyati samaradorligiga ta’siri yoritilgan. Avtonom tizimda moliyaviy va boshqaruv hisobining alohida yuritilishi natijasida ichki nazorat va maxfiy boshqaruv ma’lumotlarining aniqligi ta’minlanishi asoslab berilgan. Integratsiyalashgan tizimda esa hisob axborotlarining yagona bazada shakllanishi, resurslardan oqilona foydalanish hamda tezkor boshqaruv imkoniyatlari kengayishi tahlil etilgan. Shuningdek, korxonaning faoliyat turi, tashkiliy tuzilmasi va strategik maqsadlaridan kelib chiqib, qaysi tizimdan foydalanish maqsadga muvofiqligi bo‘yicha ilmiy xulosalar ishlab chiqilgan. Tadqiqot natijalari korxonalarda zamonaviy boshqaruv hisobini samarali tashkil etish va boshqaruv qarorlarining sifatini oshirishga xizmat qiladi.
References
Dusmuratov, R. D. (2013). Buxgalteriya hisobi nazariyasi. Yangiyul polygraph service.
Karimov, A. A., Voxidov, S. V., & Xolbekov, R. O. (2011). Buxgalteriya hisobi nazariyasi. Cho‘lpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi.
Ergasheva, Sh. T., Mavlyanova, D. M., & Temirov, F. T. (2021). Buxgalteriya hisobi (o‘quv qo‘llanma). Innovatsion rivojlanish nashriyot-matbaa uyi.
Isroilov, B. I. (2020). Buxgalteriya hisobi nazariyasi. Tafakkur nashriyoti.
Hasanov, B. A., Abduvoxidov, A. A., & Xashimov, A. B. (2021). Buxgalteriya hisobi. Iqtisodiyot nashriyoti.
Abduraxmanov, R. (2024). Qishloq xo‘jaligi kooperativi boshqaruv tizimida buxgalteriya hisobini tashkil qilishning o‘ziga xos xususiyatlari. Green Economy and Development, 1(1). https://doi.org/10.5281/zenodo.15493491





