TANNARX HISOBI ABC (ACTIVITY BASED COSTING)
Keywords:
ABC tannarx hisobi, Activity-Based Costing, xarajatlar hisobi, tannarx kalkulyatsiyasi, bilvosita xarajatlar, xarajat drayverlari, boshqaruv hisobi, ishlab chiqarish samaradorligi, resurslarni boshqarish, moliyaviy tahlil, xarajatlarni optimallashtirish, strategik boshqaruv.Abstract
Mazkur maqolada korxonalarda xarajatlarni boshqarish va mahsulot tannarxini aniqlashning zamonaviy usullaridan biri bo‘lgan ABC (Activity-Based Costing) tannarx hisobining nazariy va amaliy jihatlari tahlil qilingan. An’anaviy tannarx hisoblash tizimlarida bilvosita xarajatlarni taqsimlashdagi cheklovlar ishlab chiqarish samaradorligini baholashda ayrim noaniqliklarni yuzaga keltirishi asoslab berilgan. Shu nuqtai nazardan, faoliyat turlariga asoslangan tannarx hisobining korxona resurslaridan foydalanish darajasini aniqroq aks ettirishi, xarajatlarning kelib chiqish omillarini chuqur tahlil qilish imkonini yaratishi hamda boshqaruv qarorlarining iqtisodiy asoslanganligini oshirishdagi ahamiyati yoritilgan. Maqolada ABC usulining ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish korxonalarida qo‘llanish mexanizmi, uning tannarx shakllanishiga ta’siri hamda raqobatbardoshlikni oshirishdagi o‘rni ilmiy jihatdan bayon etilgan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, ABC tizimi korxonalarda ortiqcha xarajatlarni aniqlash, resurslardan oqilona foydalanish va strategik boshqaruv samaradorligini kuchaytirishda muhim vosita ekanligi aniqlangan.
References
Hasanov, B. A., & Xashimov, A. A. (2005). Boshqaruv hisobi. Toshkent: O‘zbekiston Milliy kutubxonasi nashriyoti.
Hasanov, B. A., & Xashimov, A. A. (2013). Boshqaruv hisobi: xarajatlar hisobi va tannarxni kalkulyatsiya qilish. Toshkent: Cho‘lpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi.
Hasanov, B. A., G‘aniyev, Z. U., & Muxammedova, D. A. (2018). Boshqaruv hisobi. Toshkent: Iqtisod-Moliya nashriyoti.
Tulyaganov, A. A. (2026). Modern systems of product cost calculation: Methodological foundations and directions of practical transformation. Innovation Science and Technology.
Djumayeva, G. A. (2025). Buyurtmali kostingning turlari va qo‘llanilishi. Yangi O‘zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarning o‘rni va rivojlanish omillari.
Mallayev, T. (2025). Tannarx hisobida ABC (Activity Based Costing). Ilmiy maqola.





