TANNARX TABIATI. O'ZGARUVCHAN TANNARX VA DOIMIY TANNARXI
Keywords:
tannarx, tannarx tabiati, o‘zgaruvchan tannarx, doimiy tannarx, ishlab chiqarish xarajatlari, boshqaruv hisobi, xarajatlar tahlili, rentabellik, xarajatlarni boshqarish, moliyaviy samaradorlik, korxona faoliyati, foyda tahliliAbstract
Mazkur maqolada tannarxning iqtisodiy mohiyati, uning korxona faoliyatidagi ahamiyati hamda ishlab chiqarish samaradorligini baholashdagi o‘rni ilmiy jihatdan tahlil qilingan. Tadqiqot davomida tannarxning tarkibiy elementlari, ayniqsa o‘zgaruvchan va doimiy tannarxlarning mazmuni, ularning shakllanish omillari hamda boshqaruv qarorlarini qabul qilishdagi ahamiyati yoritilgan. Shuningdek, zamonaviy xo‘jalik yurituvchi subyektlarda xarajatlarni to‘g‘ri tasniflash va nazorat qilish korxona rentabelligini oshirishning muhim omillaridan biri ekanligi asoslab berilgan. Maqolada tannarx tahlili orqali ishlab chiqarish hajmi, mahsulot narxi va foyda o‘rtasidagi bog‘liqlik ochib berilib, xarajatlarni samarali boshqarish bo‘yicha ilmiy xulosalar keltirilgan. Tadqiqot natijalari korxonalarda boshqaruv hisobini takomillashtirish, resurslardan oqilona foydalanish hamda moliyaviy barqarorlikni ta’minlashda amaliy ahamiyat kasb etadi.
References
Alikulov, A. I. (2011). Xarajatlar hisobi va tahlilining nazariy hamda amaliy masalalari. Toshkent: Fan va texnologiya.
Dusmuratov, R. D., & Tursunqulova, G. B. (2022). Tannarx kalkulyatsiyasi. Toshkent: Fan va texnologiya.
Dusmuratov, R. D., & Menglikulov, B. Y. (2014). Qishloq xo‘jaligida buxgalteriya hisobi va statistika asoslari. Toshkent: Fan va texnologiya.
Inoyatov, U. I., Yusupova, S. D., & Salimbekova, F. R. (2011). Buxgalteriya hisobi. Toshkent: Sharq nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi. (1999). Mahsulot (ish, xizmat)larni ishlab chiqarish va sotish xarajatlarining tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi Nizom (№54-son qaror). Toshkent.
O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi. (2019). Toshkent: O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi.





