BANK VA MIJOZ MUNOSABATLARINI SHAKLLANTIRISHDA MARKETINGNI AHAMIYATLI JIHATLARI

Authors

  • Shokirov Javohir Xurshid o'g'li Samarqand iqtisodiyot va servis instituti talabasi
  • Tursunov Faridun Mustafoyevich Samarqand iqtisodiyot va servis instituti Bank ishi kafedrasi assistenti

Keywords:

bank marketingi, mijozlar bilan munosabatlar, tijorat banklari, marketing strategiyasi, bank xizmatlari, mijoz ehtiyoji, raqamli marketing, xizmat sifati, mijozlar ishonchi, raqobatbardoshlik, bank kommunikatsiyasi, mijozlarga yo‘naltirilgan yondashuv.

Abstract

Mazkur maqolada bank va mijoz o‘rtasidagi munosabatlarni shakllantirish hamda uzoq muddatli hamkorlikni ta’minlashda marketing faoliyatining o‘rni tahlil qilingan. Tadqiqot davomida zamonaviy bank marketingining asosiy yo‘nalishlari, xususan, mijoz ehtiyojlarini aniqlash, xizmatlar sifatini oshirish, raqamli kommunikatsiyalarni rivojlantirish va mijozlar ishonchini mustahkamlash masalalari yoritilgan. Shuningdek, banklar faoliyatida marketing strategiyalaridan samarali foydalanish mijozlar sonining ortishi, xizmatlarga bo‘lgan talabning kengayishi hamda raqobatbardoshlikning kuchayishiga qanday ta’sir ko‘rsatishi ilmiy jihatdan asoslab berilgan. Maqolada tijorat banklari faoliyatida mijozlarga yo‘naltirilgan marketing yondashuvlarini qo‘llashning amaliy ahamiyati ham ochib berilgan. Tadqiqot natijalari bank tizimida mijozlar bilan barqaror va ishonchli munosabatlarni rivojlantirishda marketing vositalaridan oqilona foydalanish muhim omil ekanligini ko‘rsatadi.

References

Aktamov, O. (2022). Tijorat banklariga uzoq muddatli resurslar jalb etish bo‘yicha marketing tadqiqotlarini takomillashtirish. Tashkent davlat iqtisodiyot universiteti, Samarkand filiali. https://doi.org/10.55439/EIT/vol10_iss6/a26

Kasimova, M. (2022). O‘zbekistonda bank xizmatlari marketingini takomillashtirish yo‘llari. Economics and Innovative Technologies, 10(6), 245–255. https://doi.org/10.55439/EIT/vol10_iss6/a26

Kasimova, M. (2023). Banklarda marketing xizmatlarida raqamli texnologiyalardan foydalanish va rivojlantirish yo‘llari. Tashkent davlat iqtisodiyot universiteti ilmiy ishlari.

Nurmetova, A. (2025). Tijorat banklarida marketingni rivojlantirish. Solution of Social Problems in Management and Economy, 4(6), 5–8.

O‘zbekiston Respublikasi Bank-Moliya Akademiyasi. (2024). Bank marketingi va mijozlar bilan ishlash strategiyalari. Toshkent: Bank-Moliya Akademiyasi nashriyoti.

Soliyev, A. (2010). Marketing bozorshunoslik. Toshkent: Iqtisod-Moliya nashriyoti.

Yusupov, M. (2023). Tijorat banklari faoliyatini mijozlar nuqtayi nazaridan baholash. Frontline Marketing, Management and Economics Journal, 3(10), 38–51.

Downloads

Published

2026-05-22