IVLIN VO SATIRIK ROMANLARIDA QORA YUMOR POETIKASI VA IJTIMOIY FOJIA TALQINI

Authors

  • Nayimova Gavxar Zokir qizi Cyber university o`qituvchisi

Keywords:

qora yumor, satirik poetika, Ivlin Vo, ijtimoiy fojia, ironik inversiya, ma’naviy inqiroz, ingliz adabiyoti.

Abstract

 Ushbu maqolada XX asr ingliz adabiyotining yirik vakili Ivlin Voning (Evelyn Waugh, 1903–1966) satirik romanlarida qora yumor (black humour) poetikasining o‘ziga xos ko‘rinishlari va ijtimoiy fojianing badiiy talqini masalalari tadqiq etiladi. Tadqiqotning maqsadi — Voning dastlabki satirik romanlaridan ikki namuna, “Vile Bodies” (1930) va “A Handful of Dust” (1934) asarlari misolida yozuvchining kulgi va fojia o‘rtasidagi dialektik munosabatni qanday badiiy vositalar orqali amalga oshirganini aniqlashdir. Tadqiqotda germenevtik tahlil, qiyosiy-tarixiy metod hamda stilistik tahlil usullari qo‘llanilgan. Maqolaning ilmiy yangiligi shundaki, unda birinchi marta o‘zbek filologiyasida Ivlin Voning qora yumor texnikasi o‘zbek adabiyotshunosligida shakllangan satirik pafos nazariyasi (D. Quronov, K. Qurambayev) bilan qiyosiy tarzda tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari Voning satirasida kulgi tuzatuvchi (korrektiv) vazifasini yo‘qotib, ijtimoiy-ma’naviy parokandalikni tashhis etuvchi metafizik diagnostik vositaga aylanganligi, bu esa an’anaviy satiradan tubdan farq qilishini ko‘rsatadi.

References

Colletta L. Dark Humor and Social Satire in the Modern British Novel / L. Colletta. New York: Palgrave Macmillan, 2003. 186 p.

Winston M. Humour noir and Black Humor / M. Winston // Veins of Humor. Cambridge: Harvard University Press, 1972. P. 269–284.

Colletta L. Dark Humor and Social Satire in the Modern British Novel / L. Colletta. — New York: Palgrave Macmillan, 2003. P. 5, 86.

To‘rayeva B.B. Ivlin Vo va Abdulla Qahhor ijodida avtobiografik hamda ijtimoiy motivlar tadqiqi / B.B. To‘rayeva, M.I. Murodova // Komparativistika. 2024. № 1. B. 56–66.

Simpson P. On the Discourse of Satire: Towards a Stylistic Model of Satirical Humour / P. Simpson. Amsterdam: John Benjamins, 2003. 242 p.

Quronov D. Adabiyotshunoslikka kirish / D. Quronov. Toshkent: Akademnashr, 2018. B. 207.

McCartney G. Confused Roaring: Evelyn Waugh and the Modernist Tradition / G. McCartney. Bloomington: Indiana University Press, 1987. 184 p.

Heath J.M. The Picturesque Prison: Evelyn Waugh and His Writing / J.M. Heath. Montreal: McGill-Queen’s University Press, 1982. P. 142.

DeCoste D.M. The Vocation of Evelyn Waugh: Faith and Art in the Post-War Fiction / D.M. DeCoste. Farnham: Ashgate, 2015. 198 p.

McIntyre J.T. Satirical Methods in Eight Novels of Evelyn Waugh: magistrlik dissertatsiyasi / J.T. McIntyre. Loyola University Chicago, (1947) 116 p.

Qurambayev K. Adabiyot nazariyasi: ma’ruzalar matni / K. Qurambayev. Nukus: Ajiniyoz NDPI, 2012, 47 b.

Mikhal’skaya N.P. Istoriya angliyskoy literaturi / N.P. Mikhal’skaya. 2-ye izd. M.: Akademiya, 2007. B. 417.

Milthorpe, N. Evelyn Waugh’s Satire: Texts and Contexts / N. Milthorpe. Madison: Fairleigh Dickinson University Press, 2016. 220 p.

Huang, B.H. Generative AI in English Language Education / B.H. Huang, X. Yan // TESOL Quarterly. 2025. Vol. 59. P. S330–S344. URL: https://doi.org/10.1002/tesq.70042

Waugh, E. A Handful of Dust / E. Waugh. London: Penguin Modern Classics, 2000. 224 p. (Asl nashr: 1934).

Downloads

Published

2026-05-19