JUBRON XALIL JUBRONNING “SHODLIK VA QAYG‘U HAQIDA” ESSE TAHLILI

Authors

  • Isoqulova Dildora Farmon qizi Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti talabasi

Keywords:

Jubron Xalil Jubron, An-Nabiy, shodlik, qayg‘u, falsafiy tafakkur, ramziy obraz, badiiy vosita, poetik uslub, arab adabiyoti.

Abstract

Mazkur maqolada Jubron Xalil Jubronning “An-Nabiy” (“Payg‘ambar”) asaridagi “Shodlik va qayg‘u haqida” bo‘limi ilmiy-adabiy jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida asarning falsafiy mazmuni, ramziy obrazlari, badiiy vositalari hamda tarbiyaviy ahamiyati yoritiladi. Muallif shodlik va qayg‘uni inson ruhiyatining o‘zaro bog‘liq holatlari sifatida talqin etadi. Maqolada buloq, sharob kosasi, cholg‘u va tarozu kabi ramziy obrazlarning semantik mohiyati ochib beriladi.

References

Jubron Xalil Jubron. An-Nabiy. — Bayrut, 2005.

Jubron Xalil Jubron. Payg‘ambar. O‘zbekcha tarjima.

Quronov D. Adabiyot nazariyasi asoslari. — Toshkent, 2018.

Ibrohim Haqqul. Badiiy tafakkur va ruhiyat. — Toshkent, 2015.

Downloads

Published

2026-05-18