ABDULLA QAHHORNING “O‘G‘RI” HIKOYASIDAGI ZOONIMIK PAREMIYALAR TAHLILI

Authors

  • Sobirova Dildora Davlatjon qizi, Kimsanboyeva Basoatxon Nabiyevna Farg’ona davlat universiteti

Keywords:

zoonim, maqol, Abdulla Qahhor, lingvistik tahlil, paremiologiya, “O‘g‘ri” hikoyasi.

Abstract

Ushbu ilmiy maqolada o‘zbek realizmining yirik vakili Abdulla Qahhorning “O‘g‘ri” hikoyasida qo‘llanilgan zoonimik paremiyalarning lisoniy va badiiy xususiyatlari har tomonlama tadqiq etiladi. Tadqiqotning asosiy maqsadi hikoyadagi hayvonlarga oid xalq maqollarining matndagi funksiyasi, semantik va stilistik roli, shuningdek, ular orqali obrazlarni yanada jonli va aniq tasvirlash imkoniyatini o‘rganishdir. Maqolada paremiologik birliklarning lingvistik va kommunikativ vazifasi, shuningdek, ularning matnga kiritilishi orqali ijtimoiy, axloqiy va tarbiyaviy mazmunni kuchaytirishi tahlil qilinadi.

References

Jo‘rayeva B. O‘zbek xalq maqollarining lisoniy shakllanishi va ma’noviy xususiyatlari: Filol. fan. dok. ... diss. - Toshkent: Fan, 2012.

​Mamatov A. O‘zbek tili frazeologiyasi masalalari. - Toshkent: Fan, 1991.

​Mahmud Koshg‘ariy. Devonu lug‘otit turk. 3 jildlik. - Toshkent: Fan, 1960-1963.

​O‘zbek xalq maqollari. (Tuzuvchilar: T. Mirzayev, B. Sarimsoqov va b.). -Toshkent: Sharq, 2005.

​Qahhor A. Hikoyalar. - Toshkent: "O‘qituvchi" nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2016.

​Qahhor A. O‘g‘ri (Hikoyalar to‘plami). -Toshkent: "Yangi asr avlodi", 2013.

Qahhor A. Tanlangan asarlar. 3 jildlik. 1-jild: Hikoyalar. - Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti, 1987.

​8. Tosheva D. Zoonim komponentli maqollarning lingvokulturologik xususiyatlari. Filol. fanlari nomzodi... diss. - Toshkent, 2017.

Downloads

Published

2026-05-14