RAQAMLI TEXNALOGIYALAR VA SUN’IY INTELLEKTNING AHAMIYATI

Authors

  • Rayimova Robiya O‘ral qizi Toshkent Ijtimoiy Innovatsiya universiteti Boshlang`ich ta’lim 3-kurs talabasi

Keywords:

raqamli texnologiyalar, sun’iy intellekt, iqtisodiyot, sog‘liqni saqlash, ta’lim, biznes, ijtimoiy o‘zgarishlar, katta ma’lumot (Big Data), bulutli hisoblash, chuqur o‘rganish, telemeditsina, raqamli transformatsiya, innovatsiyalar, internet, onlayn xizmatlar, avtomatlashtirish, kommunikatsiya texnologiyalari.

Abstract

 Ushbu maqolada zamonaviy jamiyatda raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt (SI)ning iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy sohalardagi o‘rni va rivojlanish jarayonlari  tahlil qilindi. Maqolada raqamli texnologiyalar va SI ning tarixiy rivojlanish bosqichlari,  ularning jamiyatdagi ahamiyati, biznes, sog‘liqni saqlash, ta’lim va madaniyat sohalaridagi  o‘zgarishlarga ta’siri ko‘rib chiqildi. Raqamli inqilob va SI ning imkoniyatlari va cheklovlari,  shuningdek, bu texnologiyalarni jahon miqyosida samarali va xavfsiz tarzda qo‘llash zarurati muhokama qilindi. Maqola insonlarni zamonaviy texnologiyalarning kelajagi, ularning inson  hayotiga ta’siri va jamiyatdagi rivojlanishdagi roli haqida o‘ylashga undaydi. Maqola ilmiy,  texnik va ijtimoiy jihatdan keng qamrovli tahlilni taqdim etadi, shu bilan birga raqamli  texnologiyalar va sun’iy intellektning kelajagi haqida muhim xulosalar chiqaradi.Bundan tashqari maqolada ta'limga raqamli texnologiyalar va sun'iy intellekt usullarini joriy etish va o‘qitish, o‘quvchilar va o‘qituvchilarni baholash va tayyorlash va boshqa bir qator ta'lim jarayonlariga sezilarli foyda keltirishi hadiqa soʻz boradi.Ushbu maqolada sunʼiy intellektning maqsadi, uning yoʻnalishlari, samaradorligi , taʼlim tizimlaridagi kamchiliklari haqida maʼlumotlar berib oʻtiladi .Maqolada AI texnikasini ta'limga joriy etishning afzalliklari va cheklovlari muhokama qilinadi. Elektron ta'limning an'anaviy ta'lim nazariyalari va o‘qitish usullariga nisbatan afzalliklari va kamchiliklari ko‘rib chiqiladi.Shuningdek, ijtimoiy robotlarning mumkin bo‘lgan roli va kelajakdagi ta'limda o‘qituvchining yangi roli o‘rganiladi.

References

Russell, S., & Norvig, P. (2021). Artificial Intelligence: A Modern Approach (4th ed.). Pearson Education.

Davenport, T. H., & Ronanki, R. (2018). Artificial Intelligence for the Real World. Harvard Business Review, 96(1), 108-116.

Shabbir, J., & Anwar, S. (2018). A Survey of Deep Learning Techniques for Natural Language Processing. IEEE Access, 6, 35851-35863.

Chen, M., Mao, S., & Liu, Y. (2024). Big Data: A Survey. Mobile Networks and Applications, 19(2), 171-209.

Downloads

Published

2026-05-14