USTAMA XARAJATLARNI TANNARX OBYEKTLARI BO‘YICHA TAQSIMLASH
Keywords:
ustama xarajatlar, tannarx obyektlari, mahsulot tannarxi, bilvosita xarajatlar, xarajatlarni taqsimlash, ishlab chiqarish xarajatlari, boshqaruv hisobi, tannarx kalkulyatsiyasi, iqtisodiy samaradorlik, xarajatlar tahlili.Abstract
Mazkur maqolada ustama xarajatlarni tannarx obyektlari bo‘yicha taqsimlashning nazariy va amaliy jihatlari tadqiq etilgan. Ishlab chiqarish jarayonida yuzaga keladigan bilvosita xarajatlarning mahsulot, ish va xizmatlar tannarxiga ta’siri tahlil qilinib, ularni adolatli va iqtisodiy asoslangan tarzda taqsimlash zarurati yoritilgan. Tadqiqot davomida ustama xarajatlarni taqsimlashning an’anaviy hamda zamonaviy usullari o‘zaro qiyosiy tahlil qilinib, korxonalarda qo‘llanilayotgan amaliy yondashuvlarning samaradorligi baholangan. Shuningdek, tannarx obyektlari kesimida xarajatlarni noto‘g‘ri taqsimlash natijasida mahsulot tannarxi, moliyaviy natija va boshqaruv qarorlariga yuzaga keladigan salbiy ta’sirlar ochib berilgan. Maqolada ishlab chiqarish korxonalarida ustama xarajatlarni taqsimlash mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy-amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan. Tadqiqot natijalari korxonalarda tannarx hisobini ishonchli tashkil etish, xarajatlarni samarali boshqarish hamda raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarish jarayonida muhim ilmiy-amaliy ahamiyat kasb etadi.
References
Abdullayev, A. (2002). Buxgalteriya hisobi (2-nashr). Toshkent: Minoj nashriyoti.
Bobojonov, O. (2000). Moliyaviy hisob. Toshkent: Sharq nashriyoti.
Hasanov, B. A., Gʻaniyev, Z. U., & Muxammedova, D. A. (2018). Boshqaruv hisobi (o‘quv qo‘llanma). Toshkent: Iqtisod-moliya nashriyoti.
Toshnazarov, S. N. (2018). Mahsulot tannarxi va uning korxona iqtisodiyotidagi ahamiyati. Samarqand Iqtisodiyot va Servis instituti ilmiy ishlari, 120–124.
Qodiraliyev, A. Z. (2024). Tannarxni to‘liq va o‘zgaruvchan xarajatlar bo‘yicha taqsimlash asosida kalkulyatsiya qilish tartibi. Ilm fan xabarnomasi, 2(1), 191–194.
O‘zbekiston Respublikasi Qonuni. (2019). Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida (O‘RQ-404).
Abdushukurov, X., & Eshmuradov, U. (2023). Biznes jarayonlarida xarajat va tannarx kategoriyalarining nazariy jihatlari. Green Economy and Development, 1–6.





