BALANS TO‘G‘RISIDA TUSHUNCHA, UNING HISOB JARAYONIDA TUTGAN O‘RNI
Keywords:
balans, buxgalteriya hisobi, moliyaviy hisobot, aktivlar, passivlar, xo‘jalik jarayonlari, moliyaviy barqarorlik.Abstract
Mazkur tadqiqotda balans tushunchasining iqtisodiy mazmuni, uning buxgalteriya hisobi tizimidagi o‘rni hamda xo‘jalik jarayonlarini aks ettirishdagi ahamiyati ilmiy jihatdan tahlil qilingan, chunki zamonaviy hisob tizimida moliyaviy axborotning ishonchliligi va aniqligini таъминlash dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Tadqiqot jarayonida tizimli tahlil, qiyosiy yondashuv va iqtisodiy kuzatuv usullaridan foydalanilib, balansning tarkibiy tuzilishi hamda uning hisob jarayonidagi funksional vazifalari o‘rganildi. Tahlillar natijasida balans korxona mablag‘lari va ularning manbalarini bir vaqtning o‘zida umumlashtirib aks ettiruvchi asosiy hisob elementi ekanligi hamda moliyaviy holatni baholashda muhim axborot manbai bo‘lib xizmat qilishi aniqlandi. Shuningdek, balans ma’lumotlari asosida korxonaning moliyaviy barqarorligi, to‘lov qobiliyati va xo‘jalik faoliyati samaradorligini baholash imkoniyati mavjudligi asoslab berildi. Tadqiqot davomida balansning hisob jarayonidagi uzviy o‘rni boshqaruv qarorlarini qabul qilishda ham muhim amaliy ahamiyat kasb etishi ko‘rsatildi. Xulosa sifatida, balans buxgalteriya hisobi tizimining markaziy elementi bo‘lib, korxona faoliyati ustidan samarali nazoratni tashkil etish hamda ishonchli moliyaviy axborotni shakllantirishda muhim ilmiy va amaliy ahamiyatga ega ekanligi aniqlandi.
References
Axmedjanov, A. (2025). Buxgalteriya hisobi shakllari, ularning mohiyati va tarixiy rivojlanish bosqichlari. Ilgʻor iqtisodiyot va pedagogik texnologiyalar, 2(5), 242–245. https://doi.org/10.60078/3060-4842-2025-vol2-iss5-pp242-245
Berdiyeva, M. (2025). Buxgalteriya balansi tuzish uslubiyoti va uning tahliliy imkoniyatlarini kengaytirish. Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 3(11), 52–61. https://doi.org/10.60078/2992-877X-2025-vol3-iss11-pp52-61
Maxmudovna Xaydarova, M. (2024). Raqamli iqtisodiyotning mohiyati va uning buxgalteriya hisobi tizimiga ta‘siri. Экономика и туризм международный научно-инновационный журнал, 5(1), 114–119.
Muxammadiyev, M. (2025). Qimmatli qog‘ozlar bozorida buxgalteriya hisobining o‘ziga xos xususiyatlari. Technical Science Research in Uzbekistan, 3(6), 196–204.
Raximova, U., & Abdurahmanova, J. (2024). Oʻzbekiston Respublikasida buxgalteriya hisobini takomillashtirish va xalqaro standartlarga moslashtirish. Green Economy and Development, 1(6), 44–49. https://doi.org/10.5281/zenodo.15743457
Rizaev, N. (2024). Oʻzbekistonda buxgalteriya hisobining xalqaro moliyaviy hisobot standartlari (nomoddiy aktivlar misolida). Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2(1), 106–125. https://doi.org/10.60078/2992-877X-2024-vol2-iss1-pp106-125
Tashnazarova, D. (2024). Tannarx buxgalteriya hisobi va moliyaviy buxgalteriya hisobining aloqalari. Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2(12), 173–178. https://doi.org/10.60078/2992-877X-2024-vol2-iss12-pp173-178
Xalilov, B., & Axtamova, M. (2025). Buxgalteriya balansi — moliyaviy hisobning yuragi. Modern Science and Research, 6(6), 533–538.
Xaydarova, M. M. (2024). Raqamli texnologiyalar sharoitida buxgalteriya hisobi tizimini transformatsiyalash masalalari. Экономика и туризм международный научно-инновационный журнал, 6(2), 88–94.





