RAQAMLI ISLOMIY BANK TIZIMI VA UNING ZAMONAVIY MOLIYA BOZORIDAGI O’RNI

Authors

  • To’rayeva Muslima, Sultonova Aziza Baxtiyorovna Toshkent davlat Sharqshunoslik universiteti

Keywords:

Islomiy moliya, raqamli bank, fintex, shariat standartlari, murabaha, musharaka, moliyaviy inklyuzivlik, sukuk.

Abstract

Ushbu maqolada jahon moliya bozorida yangi ekotizim sifatida vujudga kelayotgan raqamli islom banking tizimining batafsil tahlili va rivojlanish istiqbollari keltirilgan.Islom moliyasi o‘zining adolatli tamoyillari tufayli inqirozlarga chidamli bir tizim sifatida qaraladi. Biroq, zamonaviy talablarni qondirish uchun u Blokcheyn va Sun’iy intellekt kabi texnologiyalar bilan integratsiya qilinishi zarur. Blokcheyn kontraktlari firibgarlikning oldini olish va shaffoflikni ta'minlashga yordam beradi, shu bilan birga sun'iy intellektga asoslangan xizmatlarning rivojlanishini tezlashtiradi. Ushbu integratsiya adolatli, zamonaviy, samarali va raqobatbardosh moliyaviy tizimni yaratish uchun zarurdir.Ushbu maqolada islomiy moliya mahsulotlarining raqamli transformatsiyasi va ularning an'anaviy bank tizimiga nisbatan raqobatbardoshligi qiyosiy tahlili keltirilgan.

O’zbekistonda moliya bozoriga islomiy qarashlarni joriy etish va aholining moliyaviy imkoniyatlarini oshirishning institutsional mexanizmlariga alohida e’tibor qaratilmoqda. Raqamli platformalar orqali shaffoflik va tranzaksiya xarajatlarini kamaytirish mumkinligi ilmiy jihatdan isbotlangan.Xulosa o‘rnida tizimli rivojlanishning makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlashdagi o‘rni ta’kidlanib, milliy qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi.

References

O’zbekiston Respublikasining qonuni " Banklar va bank faoliyati to’g’risida"

AAOIFI (Accounting and Auditing Organization Islamic Financial Institutions). Shariat standartlari to’plami. - Bahrayn, 2023.

Mervyn K. Lewis, Latifa M. Algaoud. “Islamic Banking”. –Edward Elgar Publishing, 2001.

Jahon banki va Islom taraqqiyot banki qo’shma hisoboti. “Global Report on Islamic Finance”, 2024.

Bekkin R.I. “ Islomiy moliya nazariya va amaliyot”. -Toshkent, 2022.

Fintex tahlillari. “Global Islamic Fintech Report 2025”. - DinarStandart, 2025.

Downloads

Published

2026-05-07