OPTIMALLASHTIRISH NAZARIYASI VA LAGRANGE KO‘PAYTIRUVCHILARI USULINING IQTISODIY MASALALARDAGI QO‘LLANILISHI
Keywords:
soya narxi, Lagrange ko‘paytiruvchilari, ko‘p o‘zgaruvchili funksiyalarAbstract
Ushbu maqolada optimallashtirish nazariyasining nazariy asoslari va uning iqtisodiy jarayonlarni tahlil qilishdagi o‘rni ilmiy jihatdan yoritiladi. Xususan, ko‘p o‘zgaruvchili funksiyalarni cheklovlar ostida optimallashtirish masalalarini yechishda Lagrange ko‘paytiruvchilari usulining matematik mohiyati va qo‘llanish mexanizmlari tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida iqtisodiy modellar, jumladan foydani maksimal darajaga yetkazish, xarajatlarni minimallashtirish hamda resurslardan samarali foydalanish masalalari matematik modellashtirish orqali o‘rganiladi.
Maqolada Lagrange funksiyasi yordamida shartli ekstremumlarni aniqlash usullari ko‘rib chiqilib, ularning iqtisodiy talqini izohlanadi. Shuningdek, mazkur usulning ishlab chiqarish nazariyasi, iste’molchi tanlovi va muvozanat masalalaridagi amaliy ahamiyati ochib beriladi. Tadqiqot natijalari optimallashtirish nazariyasining iqtisodiyotdagi murakkab jarayonlarni tahlil qilish va samarali qarorlar qabul qilishdagi muhim vosita ekanligini ko‘rsatadi.
References
Global optimalashtirishning bitta algortitmini statistik o`rganish Abakarob A.SH. Sushkov
Akulich I.L. matematik dasturlash misollar va muammolarda: darslik . iqtisodiyot talabalari uchun qo`llanma
Karmanov G. V matematik darturlash - jismoniy nashriyot - mat. Adabiyot, 2004 yil.
Korn G. Korn T. olimlar va muhandislar uchun matematik qo`llanma - M- Fan 1997-yil
Matematik dasturlashning mohiyati 2014-yil Orqaga qaytish mashinasi , matematik dasturlash lug`ati , hisoblash jamiyati
Du, D. Z .; Pardalos, P. M.; Vu, V. (2008). "Optimallashtirish tarixi". Yilda Floudas, S; Pardalos, P. (tahrir). Optimizatsiya ensiklopediyasi. Boston: Springer.
Dorfman, Robert (1969). "Optimal boshqaruv nazariyasining iqtisodiy talqini". Amerika iqtisodiy sharhi.





